“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Xayrli işlarda şoşiliş”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov şarhlab berdi.
YouTube
Tas-IX
Xoris ibn Osim Aş'ariy (r.a) rivoyat qildilar:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Poklik – iymonning yarmidir...”.
Tasavvur qiling, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam poklikni iymonning yarmiga belgilab beryaptilar. Bu juda katta iş, uluğ bir holat. Çunki poklikning iymonga tenglaştirilişiga Alloh taoloning bandalarini har taraflama pok bölib yurişlariga juda katta tarğib bor.
“... Alhamdulillah, mezonni töldiradi. Subhanollohi valhamdulillah yer bilan osmonning örtasini töldiradi”.
Bu gözal zikrda bandalarga juda katta daraja, juda katta mukofot Alloh taolo tomonidan tayyorlab qöyilgan.
“... Namoz nurdir”.
Nur - namozxondagi hayo, gözal xulq, birovni aldamaslik, birovni kamsitmaslik, birovdan özini ustun qöymaslik. Çunki bugungi kundalik hayotimizda özi namoz öqib, ammo haqiqiy namozxonlarning şa'niga isnod keltirib qöyayotgan, ba'zi kişilar bor. Namozini mukammal bölişini istagan mömin-musulmonlar namozini muhofaza qiladi.
“... Sadaqa hujjatdir”.
Har bir mömin-musulmonning zimmasida sadaqa bor. Uning turlari keng ma'noda qöllanilişi mumkin. Alloh taolo bergan mol-davlatni hisoblab, örnida sarflaşlik sadaqa hisoblanadi. Heç narsa bölmaganda şirin sözni topib gapirişlik ham sadaqadir.
“... Sabr ziyodir”.
Har bir amalning gözal bölişiga sabr, albatta, sababçi böladi. Barça amallar, ibodatlar sabr ila ado etilsa, u ziyo böladi, nur böladi.











