Miyangizda yangi bir ğoya paydo böldi. Ilhomlanib, uni döstlar va yaqinlaringiz bilan örtoqlaşdingiz. Kelasi safar ular işingiz haqida söraşadi. Siz masalani örganayotganingiz va rejalaştiriş bilan şuğullanayotganingizni aytasiz. Biroq vaqt ketmoqda va ğoya hali ham real işga aylanmayapti. Siz hammaga bir xil javob berişdan çarçadingiz.
Taniş vaziyatmi? Dastur işlab çiqaruvçisi Devid Yu nima uçun bunday bölişi va u bilan qanday kuraşiş haqida hikoya qilgan. Rb.ru esa uning fikrlarini taqdim etdi.

Mukammallik ortidan quvyapsiz
Ideal biznes-hamkor paydo bölişi, bozor yetilişini kutyapsiz. Barini mayda-çuydalarigaça rejalaştirişni istaysiz.
Biroq Benjamin Franklin aytganidek, harakatni faoliyat bilan adaştirmaslik kerak.
Bilaman, loyiha qança qimmat bölsa, uni ideal körinişga yetkaziş istagi paydo böladi. Biroq bu sizni harakatdan töxtatmasligi kerak.
Loyiha juda katta bölib körinadi
Rejalaştiriş juda yaxşi. Biroq loyiha katta kuç va vaqt talab etişini tuşungaç, hali işga kirişmagan bölsam ham kuçli ruhiy çarçoqni his etdim.
Ilgari öz-özimga şunday derdim: «Kel, kursning birinçi modelini amalga oşiramiz. Keyin esa heç nima qilmaslik uçun bahona topardim».
Ana şunda vazifani bir neça mayda qismlarga ajratib çiqdim:
Modul -> Bölim -> 1 video ->Matn ->Bitta paragraf.
Kiçik paragrafni yozişni yakunlagaç esa şunday öylardim: «Buning uçun bir neça daqiqa sarfladim, yana bittasini bajara olsam kerak».
Öşa kuni modulning barça matnini yozib tugatmagan bölsam-da, qandaydir natijaga erişdim. Bu esa kişiga iştiyoq beradi.

Vaqtni bekorga sarflaşdan çöçiysiz
Rostini aytsam, bu mening eng katta qörquvim. Men vaqt – eng qimmatli resurs, deb hisoblayman.
Eng qörqinçli jihat – vaqtni biror bir bekorçi narsani işlab çiqişga sarflaş.
Men köproq maqolalar öqişga va bozor, raqobat, mahsulotni işga tuşiriş va ğoyalarni sinaş böyiça kurslarda öqişga harakat qilardim. Şu tariqa heç narsani uddalay olmaslik borasidagi qörquvlarimni kamaytirişga intilardim.
Sarflangan vaqtga açinamanmi? Yöq, men bu tajribadan köp narsa oldim.
Ğoyangizdan nima uçun hayratga tuşganingizni unutdingiz
Ğoya ilk marta paydo bölganida uni yangi va hayratlanarli, deb hisoblaysiz.
Men bilan ham xuddi şunday bölgan. Men u qança pul keltirişi va özini özi qoplaşi uçun qança odam uni sotib olişi kerakligi haqida öylardim.
Biroq öz kursimni yaratişga qaror qilişimning asosiy sababi tarmoqda WeChat’ni işlab çiqişga bağişlangan ingliz tilidagi resurslarni juda kamligi edi. Men bilimlarim xorijlik loyiha işlab çiqaruvçilariga asqotişi mumkinligi haqida öylardim.
Dastlab, ğoya sizni nimasi bilan jalb etgani haqida unutmang. Unga kirişiş kirişmasligingiz ana şunga boğliq.
Ğoyangiz juda köp
Miyangiz soatiga 2500-3000 ta ğoyani işlab çiqa oladi. Bitta ğoyani yozib tugatmasingizdan miyangizda yana bir boşqa ğoya paydo bölişi mumkin.
Tanlovning mantiqqa zid jihati ham ana şunda – variantlarning juda köpligi zöriqişni çaqiradi. Natijada ularning heç birini tanlamaslikka qaror qilasiz.
- Ğoyalarni darhol yozib oling.
- Doimiy ravişda eslaydigan ğoyangizni toping.
- Işga kirişiladigan sanani tanlang.
- Sizda iştiyoq uyğotadigan ğoya ustida işlaşni boşlang.
- Turli loyihalar ustida işlang (menda ular jami uçta).
Hammada özining amalga oşiş vaqtini kutayotgan ğoyalar böladi. Faqat sizgina ularni hayotga tatbiq etişingiz mumkin. Nima uçun ularni sinab, qanday körinişda amalga oşişini kuzatmaslik kerak?










