AQŞ sanksiyalari kuçga kirganidan söng Xitoy Erondan neft sotib olişni nihoyasiga yetkazdi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Bundan taşqari, AQŞ Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya uçun Erondan neft sotib olişga berilgan istisnoni uzaytirmaslikka qaror qildi.

Mahalliy biznesmenlarning ma'lum qilişiça, Xitoy kompaniyalari, jumladan kiçik neftni qayta işlaş zavodlari ham Erondan neft sotib olişni töxtatgan.

AQŞ 2018 yilda Erondan neft sotib olinişiga nisbatan sanksiyalar kiritgan, Xitoy, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Turkiya uçun yarim yilga istisno joriy etgandi.