Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratboy Avezimbetoviç Şaripov Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
K,Şaripov 1963 yil Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi muhandis – mexanika, texnika fanlari doktori, professor.
1987-1991 yy. – Goryaçkin nomidagi Moskva qişloq xöjaligi işlab çiqariş injyenerlari instituti stajyer-öqituvçisi, aspiranti. 1992-2001 yy. – Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislar instituti traktor va avtomobillar kafedrasi işlab çiqariş ustasi, assistenti, doktoranti va dotsenti. 2001-2003 yy. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislar instituti qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş fakulteti dekan muovini, traktor va avtomobillar kafedrasi dotsenti, resurs tejamkor texnika va texnologiyalar muammoli ilmiy tadqiqot laboratoriya mudiri bölgan.
2003-2007 yy. «ToşkentDEU» mas'uliyati çeklangan jamiyat boş direktori, Toşkent avtomobil yöllari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay öqituvçi, 2007-2009 yy. Özbekiston – Koreya «TOŞAFUS» qöşma korxonasi boş direktori, (örindoşlik asosida) Toşkent avtomobil yöllari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay öqituvçi, 2009- 2009 yy. «Jyeneral Motors Özbekiston» yopiq aksiyadorlik jamiyati yangi loyihalarni boşqariş bölimi boş menejyeri, 2009 - 2010 yy. Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori, 2010- 2017 yy. Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy va iqtisodiy işlar böyiça birinçi prorektori, 2017 yildan Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida işlagan.











