“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Zulm - harom”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Abu Zarr Ğiforiydan (r.a) rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Alloh azza va jalladan rivoyat qilib dedilar: “Alloh taolo deydi: Ey fazilatli bandalarim! Men zulmni özimga harom qildim, uni sizlarning örtangizda ham harom etdim, bir-birlaringizga zulm qilmangiz. Ey bandalarim! Barçalaringiz zalolatdasizlar. Faqat men hidoyat etganlargina bundan mustasno. Mendan hidoyat tilang, sizlarni hidoyatga yöllayman.

Ey bandalarim! Barçangiz oçsizlar, faqat men taom berganlargina bundan mustasno. Mendan taom sörangiz, sizlarga taom beraman.

Ey bandalarim! Barçalaringiz yalanğoçsizlar, faqat men kiyintirgan kişigina yalanğoç emas. Mendan kiyim söranglar, sizlarni kiyintiraman.

Ey bandalarim! Sizlar keça-yu kunduz xato qilasizlar, men barça gunohlarni mağfirat etaman. Mendan mağfirat tilangiz, sizlarni mağfirat qilaman.

Ey bandalarim! Sizlar menga zarar yetkaziş darajasiga heç qaçon yetolmaysizlarki, menga zarar yetkazsangizlar, menga foyda yetkaziş darajasiga ham heç qaçon yeta olmaysizlarki, menga foyda yetkazsangizlar.

Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, ins-u jinlaringiz orangizdagi eng taqvodor insonning qalbidek bölsangiz ham, bu mening mulkimga heç narsa ziyoda qilmas. Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz orangizdagi eng fojir insonning qalbidek bölsangiz ham, bu mening mulkimga heç narsani kamaytirib qöymaydi. Ey bandalarim! Agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz bir joyga töplanib, mendan hojatlarini sörasalar va men ularning har biriga söragan narsasini berganimda ham, bu huzurimdagi narsalarni kamaytirmaydi. Magaram, egni dengizga botirilganda, undan qança suvni kamaytiradigan bölsa, öşança miqdorda kamaytiradi xolos.