“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Zikrning fazilati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Bir kuni Payğambarimiz alayhissalom sahobalar bilan ötirgan edilar. Ularga eng yaxşi, eng savobi köp amalni örgatmoqçi böldilar va aytdilar: “Sizlarga podşohingiz bölgan Allohning huzuridagi eng yaxşi, eng pok, darojotlaringizni yuqori qiladigan, siz uçun tilla-kumuş sadaqa qilişdan ham yaxşiroq bölgan, duşmaningizga yöliqib böynini urişdan va ular ham sizning böyningizni urişdan yaxşiroq amalning xabarini beraymi?”.

Sahobalar: “Ha Allohning Rasuli, xabar bering”, - deyişdi.

Şunda habibimiz sallollohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning zikri”, - dedilar.

Imom Termiziy rivoyati.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Allohning zikrida yaşiringan fazilatlarni sanadilar. “Eng yaxşi, eng pok, darajotni kötaradigan, tilla-kumuşni sadaqa qilişdan yaxşiroq bölgan, jihoddan ham, şahid bölişdan ham a'lo bölgan...”. Ulamolar bu hadisni şunday şarhlagan ekanlarki, birgina hadisda şunça fazilatlar mavjudligiga asosiy sabab şuki, odatda zikrda riyo qiliş ehtimoli kam bölar ekan. Garçi kiçkina körinsada, riyosiz amalning savobi katta bölar ekan. 

Namoz va boşqa ibodatlarning fazilati bölganidek, zikrning ham fazilatlari bor? Dovud alayhissalom Allohga munojaat qilib aytyaptilar: “Ilohim! Meni zikr etuvçilar majlisini taşlab, ğofillar majlisiga ketgan holda körsang, oyoqlarimni sindir. Mana şunday qilişing, menga bergan ne'mating böladi”. 

Zikrning eng uluğ fazilatlaridan biri – Alloh taolodek buyuk zot ojiz va gunohkor bandasini zikr qilişi ekan. Zero Alloh qaysi bandasini tilga olsa, yod etsa u ikki dunyo saodatiga erişar ekan. Şuning uçun bölsa kerak Alloh bandalarini köp zikr qilişga buyurib, “Ey, iymon keltirganlar. Allohni köp zikr qilingiz”, (Ahzob surasi) deb marhamat qilyapti.