Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Farğona viloyati hokimligining Farğona viloyati, Marğilon şahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uçköprik tumanida Haziniy uy-muzeyini Farğona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Farğona viloyat hokimi (Ş. Ğaniyev) Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) bilan birgalikda:
taşkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib çiqib, Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi töğrisida yangilangan nizomni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
muzeylarning ştatlar jadvalini belgilangan tartibda işlab çiqilişi va tasdiqlanişini hamda malakali kadrlar bilan töldirilişini ta'minlaş;
muzeylar joylaşgan binolarni Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi balansiga ötkaziş hamda binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş;
muzeylarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, atoqli şoir va yozuvçilar hayoti va ijodiga bağişlangan davra suhbatlari, ijodiy uçraşuvlar taşkil etiş;
muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etiş çoralarini köradi.












