Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Jazoni ijro etiş muassasalaridan böşatilgan şaxslar ustidan içki işlar idoralarida ma'muriy nazorat örnatiş va uni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi buyruqqa özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining 2002 yil 26 fevraldagi 51-son “Jazoni ijro etiş muassasalaridan böşatilgan şaxslar ustidan içki işlar idoralarida ma'muriy nazorat örnatiş va uni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi buyruğiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin.

Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat örnatiş va uni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga köra, ma'muriy nazorat jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslarning turmuş tarzi hamda xulq-atvorini kuzatiş, ular tomonidan jinoyat sodir etilişining oldini oliş va ularda ijobiy-ijtimoiy dunyoqaraşni şakllantiriş maqsadida sud tomonidan 6 oydan 1 yilgaça bölgan muddatga örnatiladi.

Ma'muriy nazoratni amalga oşirişda içki işlar organlari Özbekiston Respublikasining «Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat örnatiş töğrisida»gi Qonuni va ma'muriy nazorat örnatiş haqidagi sud qarorida közda tutilgan nazorat qoidalari hamda belgilangan çeklanişlarni qöllaş bilan birga nazorat ostidagilarga nisbatan zarur profilaktik va tezkor tadbirlarini olib boradilar.

Ma'muriy nazorat örnatiş va amalga oşirişda içki işlar organlarining tegişli xizmatçilari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradilar:

jazoni ijro etiş muassasasi ma'muriyati jazoni ötaş davrida ma'muriy nazorat ostiga olinişi belgilangan şaxslarni jazoni ijro etiş muassasasidan böşatişdan 1 oy oldin ularning tanlagan turar joylaridagi içki işlar organlariga böşatilayotgan şaxslarning yetib boriş vaqtini xabar qilgan holda, sudyaning ma'muriy nazorat örnatiş töğrisidagi qarorini yuboradi;

ozodlikka çiqarilayotgan şaxsning ba'zi bir sabablarga köra aniq boradigan joyi bölmasa, hokimiyatlar qoşidagi «maxsus komissiya»lar yordamida uy-joy bilan ta'minlaşga (agar şaxs hukm qilinmasdan oldin şu tumanda yaşaganligi töğrisida asosli va daliliy hujjatlar bölsa), doimiy yoki vaqtinçalik röyxatga qöyişga hamda işga joylaştirişga yordam berişni sörab, şuningdek, nogiron yoki oğir kasalliklarga (sil, saraton) çalinganlarini davolaş masalalarini oldindan hal qiliş töğrisida hokimliklarga, içki işlar va soğliqni saqlaş organlariga xat yuboradi.