Joriy yilning 4 mart kuni Şörçi tumani içki işlar bölimi huzuridagi Tergov bölinmasining xabariga köra, tumanning “Böston” mahallasida yaşovçi R.T. muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida körsatilgan jinoyatni bir neça marotaba sodir qilib kelganligi uçun Jinoyat işlari böyiça Şörçi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan “öta xavfli retsidivist” deb topilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, Olmaliq şahridagi Jazoni ijro etiş koloniyasining taqdimnomasiga asosan 2019 yil 29 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Olmaliq şahar sudi tomonidan 1 yil muddatga ma'muriy nazorat örnatilgan bölişiga qaramasdan R.T. 2019 yil 6 sentabr kuni soat 22:00da ma'muriy nazorat qoidalarini buzib, mast holda jamoat joyida yurganligi uçun Ma'muriy işlar böyiça Uzun tuman sudi tomonidan R.T.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 206-moddasiga asosan unga nisbatan 223.000 söm miqdorida jarimaga tortiladi.

Tayinlangan jazodan va içki işlar organlari Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tuşuntiriş işlariga qaramasdan öziga yetarliça bölgan töğri xulosa çiqarmasdan, yaşaş manzilidan soat 21:00 dan soat 6:00 gaça boşqa manzilga çiqiş taqiqlangan bölsa-da, R.T. ma'muriy nazoratdan böyin tovlaş maqsadida yaşaş uyidan 2020 yilning 26 yanvar kunida özboşimçalik bilan ketib qolganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan holat böyiça 4 mart kuni tuman içki işlar bölimi huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.