“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Odamlar orasini isloh qiliş”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.
YouTube
Mover (tas-ix)
Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilarki: “Quyoş çiqqan har bir kunda odamlarning har bir böğimi uçun sadaqa lozim. Ikki kişi örtasida adolat qiliş ham sadaqadir. Bir kişiga ulovi borasida yordam berib, uni mindirib qöyişi yoki yukini ortib berişi ham sadaqadir. Şirin söz ham sadaqadir. Namoz sari bosgan har bir qadami ham sadaqadir. Yöldan ozorni olib taşlaş ham sadaqadir”.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Birinçidan, inson suyaklari va böğimlarining tuzilişida ulkan ilohiy qudrat namoyondir. Alloh taolo insonni eng gözal şakl-şamoyilda yaratgan. Inson jismidagi böğimlar körkam suratda yaratilgani, ularni turli vazifalarni, bajara olişi bugun heç kimga sir emas. Şu bois Rasululloh sallollohu alayhi vasallam tanadagi a'zo-böğinlarni alohida tilga olib, ularning şukrini ado qiliş kerakligini mana bu hadisda bizlarga örgatayaptilar.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Qiyomat kuni bandadan eng birinçi söraladigan va Alloh taolo unga aytadigan söz mana budir: “Biz sening jismingni soğlom qilib qöymadikmi? Seni sovuq suv bilan qondirmadikmi?”. (Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari).
Hadisdagi eng asosiy qism nima edi? Sadaqa - bir-biri bilan xusumatlaşib, ajraşib ketgan ikki kişining örtasini isloh qiliş ekan. Dinimiz gözal, birdamlik, bağrikenglik, tarqoqlikka zid, ahllikka tarğib qiluvçi din. Şuning uçun ikki arazlaşib qolganni yaraştirganga juda katta ajrlar, marhamatlar tayyorlab qöyilgan.
Masalan, ajraşib ketgan oilalar örtasini isloh etiş, er va xotinni yaraştirib qöyiş, qaynona-kelin örtasidagi sovuqçilikni ketkaziş, yuz körmas bölib ketgan aka-ukalarni qayta inoq qiliş ham ulkan ajr-savobli işlar ekan.











