Oliy rada Ukraina boş vaziri Vladimir Groysmanning iste'fosini qabul qilmadi. Uning iste'fo haqidagi sörovini 226 ovoz lozim bölgani holda 97 deputat qöllab-quvvatladi.

Şu tarzda, hukumat öz işini töliq tarkibda davom ettiradigan böldi.

Ovoz berişdan oldin Groysman radaning har qanday qarorini qabul qilişini bildirdi.

"Har qanday qarorni hurmat bilan qabul qilaman, mening iste'fo haqidagi qarorim tuyğularga boğliq emas, bu mening pozitsiyam va hayotimda heç qaçon mas'uliyatni boşqalarga yuklamaganman", - dedi u.

Ukraina boş vaziri iste'foga çiqişi haqida 20 may kuni e'lon qilgandi.

Groysman hukumatni 2016 yildan boşqara boşlagan bölib, 38 yoşida Ukraina tarixidagi eng yoş boş vazirga aylangan.