Xalq ta'limi vazirligi hamda Kundalik kompaniyasi Toşkent maktablarida elektron jurnal va kundaliklarni sinovdan ötkazdi.

Joriy yilning aprel — may oylarida Xalq ta'limi vazirligining buyruğiga köra, Kundalik raqamli ta'lim platformasi poytaxtdagi 53 ta umumta'lim maktabida sinovdan ötkazildi.

Kundalik tizimi onlayn rejimda dars jadvallari, öqituvçilar dars rejalari, öquvçilarning darsdagi iştiroki hamda özlaştirişini elektron jurnal va kundaliklarga kiritib boriş imkonini beradi. Şuningdek, ta'lim muassasasining statistik hisobotlarini işlab çiqişni ham ta'minlaydi.

Loyihaning birinçi bosqiçida qatnaşgan maktablar sinf jurnallarini bir vaqtning özida qoğoz hamda Kundalik tizimida elektron şaklda yuritişdi.

Mazkur tizim orqali öquvçilar va ularning ota-onalari uy vazifalari hamda fanlardan qöyilgan baholar haqida istalgan vaqtda ma'lumot oliş imkoniga ega bölişadi. Uşbu ma'lumotlar himoyalangan ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etiladi.

Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining Avtomatlaştirilgan axborot tizimini joriy etiş böyiça mas'ul vakillari Arslon Rahmonqulov hamda Rustam Komilovning ta'kidlaşiça, 2019 yilning 1 sentyabrigaça Toşkent şahridagi barça umumta'lim maktabida elektron jurnal va kundaliklarni ta'lim tizimiga joriy etiş böyiça taşkiliy işlar amalga oşiriladi. Yangi öquv yilidan boşlab Kundalik tizimi poytaxtdagi barça maktabda iş boşlaydi.

Şuningdek, Kundalik tizimini öquv jarayoniga tatbiq qiliş uçun öqituvçilarni tayyorlaşga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Kundalik kompaniyasi tizimni sohaga joriy etişda öqituvçilar hamda maktab rahbarlariga amaliy yordam beradi.

Bundan taşqari, tizimni hayotga tatbiq qilişda yuzaga kelişi ehtimoli bölgan savollarga öz vaqtida javob topiş maqsadida loyihada qatnaşayotgan maktab vakillari iştirokida har haftada anjumanlar uyuştirib boriladi.

2018 yilning oktabr oyida Xalq ta'limi vazirligi hamda Kundalik kompaniyasi özaro hamkorlikda umumta'lim maktablarida elektron jurnal va kundaliklarni yuritişni közda tutuvçi loyihani yölga qöygan.

Kompaniyaning mazkur taşabbusi xalq ta'limi sohasini axborotlaştiriş böyiça takliflarni saralaş natijalariga köra vazirlik tomonidan tanlab olingan va uşbu mutasaddi taşkilot hamda Kundalik kompaniyasi örtasidagi davlat-xususiy şeriklik doirasida hayotga tatbiq qilinmoqda.