Milanning «Inter» klubi öz rasmiy saytida Antonio Konteni jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida e'lon qildi.
Italiyalik mutaxassis bu lavozimdan biroz oldinroq iste'foga çiqarilgan Luçano Spalletti örnini egallaydi.
Hozirça yangi murabbiy bilan şartnoma tafsilotlari ma'lum qilinmadi. OAV ma'lumotiga köra, Konte bilan 3 yillik şartnoma tuzilgan, bu şartnomaga köra «Inter» yiliga 12 million yevro miqdorida maoş tölaydi (soliqlardan taşqari).
Şanba kuni Konte klub rahbariyati safida Madridga, «Liverpul» va «Tottenhem» örtasidagi YeÇL finalini tomoşa qiliş uçun yöl olişi kutilmoqda. Yaqin haftalarda esa u Xitoyda bölib, klub xöjayini Çjan Tszindun bilan uçraşuv ötkazadi.
Bundan oldinroq Konte yangi jamoasida ikki futbolçini, ayni vaqtda «MYu» safida bölgan belgiyalik hujumçi Romelu Lukakuni hamda «Çelsi» futbolçisi, ötgan mavsumda «Fenerbahçe»da ijara asosida öynagan nigeriyalik vinger Viktor Mozesni körmoqçi bölayotgani haqida xabarlar berilgandi.
Konte 2017/18 yilgi mavsum yakunida Londonning «Çelsi» klubini tark etganidan buyon işsiz edi. U londonliklar bilan Angliya çempioni va Angliya Kubogi sohibi bölgan. Konte öz vaqtida Italiyaning boşqa jamoasi «Yuventus»ni boşqargan va ketma-ket uç mavsumda Italiya çempioni bölgandi.












