Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş va yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaş maqsadida, yaqin kunlarda Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzurida Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi taşkil qilinadi. 

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xabariga köra, uning asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari etib, iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama bozorini tartibga soliş yönalişida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, iste'mol tovarlari sifati va xavfsizligini nazorat qiliş, aholining huquqiy iste'mol madaniyatini oşiriş va tarğib qiliş, iste'molçilar huquqlarini, şu jumladan sudlarda himoya qiliş va boşqalar belgilanadi.

Agentlikka quyidagi vakolatlar beriladi:

Nazorat xaridini amalga oşiriş - çakana savdo nuqtalarida xalq iste'moli tovarlarining nazorat xaridini ötkaziş, qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertiza qilinişini taşkil qiliş;

Körsatma beriş - iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan körsatma beriş;

Tekşiriş ötkaziş - iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilişi holatini asoslovçi dalillar mavjud bölganda tekşirişlar ötkaziş;

Hujjatlarni yuboriş - qonun hujjatlari talablari buzilişi töğrisidagi materiallarni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bergan vakolatli davlat organiga tegişli çora köriş uçun yuboriş;

Iste'mol bozorida narxlarni örganiş - iste'mol bozorini, tovarlar va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini özgarişi tahlil qiliş, narxlarni barqarorlaştiriş yuzasidan taklif va tavsiyalar işlab çiqiş;

Reklama bozorini tartibga soliş - reklama sohasida nohalol raqobatga va notöğri reklamani yuzaga kelişiga yöl qöymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga soliş.

Taşkil qilinayotgan Agentlik iste'molçilarga özlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilişda yuqori darajada kömaklaşadi, reklama bozorini tartibga solişda, şuningdek, iste'mol tovarlari va xizmatlar bozorida sifat va xavfsizlikni ta'minlaşda vakolatli davlat organlarining hamda jamoatçilikning özaro hamkorligini yanada kuçaytirişga yordam beradi.