2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlar belgilanib, dam oliş kunlari köçirilgan edi.

Mazkur farmon asosida iyun oyida ham köçirilgan dam oliş kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida uşbu masala yuzasidan qisqaça şarh berib ötiladi.

Eng avvalo, haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga ta'sir qilişini unutmaslik kerak. Ya'ni, 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar iyun oyida 11 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa iyunda 6 kun dam olişadi.

Kelayotgan şanba kuni barça uçun iş kuni böladi

Xususan, 1 iyun - şanba kuni, Özbekistondagi barça xodimlar uçun iş kuni böladi. Özi şanba kuni haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar şundoq ham işga çiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olişardi.

Ammo 12.11.2018 yildagi Prezident farmoni asosida 1 iyundagi dam oliş kuni 6 iyunga köçirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun işlovçilar uçun:

1 iyun, şanba - iş kuni;

6 iyun, payşanba - dam oliş kuni böladi.

Ramazon Hayiti arafasidagi dam oliş kunlari

Joriy yilning 30 may kuni «Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Özbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 5 iyun çorşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, şu kun Ramazon hayiti sifatida keng nişonlanadi.

Bundan xulosa qiliş mumkinki, haftasiga 5️ kun işlovçi xodimlar 5 va 6 iyun kunlari ketma-ket ikki kun dam olişadi. 7 iyun, juma kuni odatdagiday iş kuni bölsa, 8 va 9 iyun kunlari (şanba-yakşanba) esa odatdagiday dam oliş kuni böladi.