Haftasiga beş kun işlovçi özbekistonliklar 8 mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket uç kun dam oladi. Bu Kambağallik va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025 yilgi iş vaqti taqvimida nazarda tutilgan.

Mehnat kodeksida dam oliş kuni işlanmaydigan bayram kuniga töğri kelgan taqdirda, dam oliş kuni bayramdan keyingi iş kuniga köçirilişi belgilangan.

Bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni şanbaga töğri kelişi munosabati bilan dam oliş kuni 10 mart, duşanbaga köçiriladi.

Şu tariqa, haftasiga 5 kun işlaydiganlar 3 kun dam oladi:

  • 8 mart, şanba — bayram;
  • 9 mart, yakşanba — barça uçun odatiy dam oliş kuni;
  • 10 mart, duşanba — köçirilgan dam oliş kuni.

Haftasiga 6 kun işlaydiganlar uçun faqat şanba va yakşanba dam oliş kuni böladi, 10 mart, duşanba iş kuni hisoblanadi.