“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Odamlar orasini isloh qiliş”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.

Video: Youtube

 Video: Mover (tas-ix) 

Abu Najih Irboz ibn Soriya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga ta'sirçan  va'z qildilar. Bundan (mav'izaning ta'siridan) qalblar qörquvga tuşdi, közlar yoşga töldi.  Biz: “ Ey Rasululloh! Bu bamisoli vidolaşayotgan kişining va'ziga öxşaydi.  Bizga vasiyat (tavsiya,nasihat) qiling!” – dedik.

U zot:  “ Sizga Alloh azza va jalladan qörqişni  agar bir qul ustingizga amir bölsa ham, unga quloq osib, itoat etişingizni vasiyat qilaman.  Çunki sizlardan yaşaganlaringiz köp ixtiloflarni köradi. Bas, mening sunnatim va hidoyat qilingan, töğri yöldagi xalifalar sunnatini  aql tişlaringiz bilan (mahkam) tişlab olinglar. (Dinda)  yangi paydo bölgan işlardan ehtiyot bölinglar. Zero, har bir bid'at zalolatdir”, dedilar. 

(Imom Termiziy, Abu Dovud va Muslim rivoyatlari)

Sunnat – bu yuriladigan yöldir. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam u zotning töğri yöldagi xalifalari tutgan e'tiqod, qilgan amal va aytgan sözlarini mahkam uşlaş, mazkur sunnatga amal qiliş hisoblanar ekan. Sunnatga amal qilişning barakasi nimada? Barakasi şundaki, biz olamlarga rahmat bölib kelgan, başariyatning eng afzali bölgan insonga ergaşayotganligimizdadir.

Sunnat degan sözni eşitganda, qaysidir qilayotgan işimiz Rasululloh sallollohu alayhi vasallam sunnatlariga xilof ekan deb töxtaylik. Sunnatni nafsimizga moslamaylik. Ya'ni, nafsimizga töğri kelsa, sunnat deb nomlab, aslida, nafsimiz şuni xohlayotgani uçun qilayotgan bölmaylik. Kişi sunnat amalini qilayotganda e'tibor berişi kerak bölgan eng muhim narsa bu – “bu işni Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam qilganlar. Bu işni qilişga Habibimiz sallollohu alayhi vasallam tarğib qilganlar, men Allohning eng suyukli bandasi bölgan Payğambarimizning xulqlari, amallarini qilyapman”, degan uluğ bir muhabbatni qalbimizga joylaşimiz darkor. Sunnatdan uzoqlaşgan kişi, bid'atga öralaşib qoladi.