“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Jannatga eltuvçi amallar”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Xöja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şarhlab berdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Muoz ibn Jabal (r.a) aytadilar: “Men Nabiy sallollohu alayhi vasallamga: “Ey Allohning Rasuli. Menga şunday bir amalni aytingki, u meni jannatga kiritib, dözaxdan uzoqlaştirsin”, dedim. Payğambar alayhissalom: “Sen ulkan narsa haqida sörading. Biroq Alloh taolo oson qilgan kişiga osondir. Allohga biron bir narsani şerik keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni tökis ado etasan. Zakot berasan. Ramazon rözasini tutasan va Baytullohga haj qilasan”, dedilar.
Söng Payğambar alayhissalom aytdilarki: “Senga yaxşilik eşiklarini körsataymi? Röza qalqondir. Sadaqa bamisoli suv ötni öçirganidek, gunohlarni öçiradi. Kişining tunda öqigan namozi ham yaxşilik eşiklaridandir”. Söng Rasululloh sallollohu alayhi vasallam quyidagi oyatni tilovat qildilar: “Ularning yonboşlari örin-joylaridan yiroq bölur. Ya'ni, tunlarni ibodat bilan ötkazib, oz uxlaydilar”.
Söng aytdilarki: “Senga işning boşi, ustuni va çöqqisi haqida xabar beraymi?”. Men: “Ha, Allohning Rasuli”, dedim. U Zot: “Işning boşi Islom, ustuni namoz va çöqqisi jihoddir”, dedilar.
“Senga mana şularning barçasining özagi haqida xabar beraymi?”, dedilar. Men: “Ha, Allohning Rasuli, xabar bering”, dedim. Nabiy sallollohu alayhi vasallam tillarini uşlab: “Mana buningni tiygin”, dedilar. Men: “Ey Allohning payğambari, biz gapirgan gaplarimizga ham javobgar bölamizmi?”, dedim. U Zot: “Seni yöqlab onang yiğlasin, axir odamlarni yuzlari bilan yoki burunlari bilan dözaxga qulatadigan narsa tillarning mevalari emasmi?”, dedilar.
Imom Termiziy rivoyati.
Mana şu hadisning şarhida ulamolarimiz, muhaddislarimiz aytadilarki, uşbu hadisda Payğambar sallollohu alayhi vasallam ummat najot topişi uçun qilişi kerak bölgan bir neça amallarni sanab, ularni savob jihatidan bir-biridan farq qilişini aytib ötmoqdalar.












