Grek yonğoğining muntazam iste'mol qilinişi qon bosimini me'yorlaşga yordam beradi. Bunday xulosaga Pensilvaniya ştati universiteti (AQŞ) olimlari kelişdi.
Bunga yonğoqlarda katta miqdorda omega-3 yoğ kislotasi – alfa-linolen kislotalar borligi sababdir.
Mutaxassislar semizlikdan aziyat çekuvçi 30 yoşdan 65 yoşgaça bölgan 45 kişi iştirokida tadqiqot ötkazişgan. Iştirokçilarga 2 hafta davomida 12 foizi töyingan yoğlardan iborat mahsulotlar iste'mol qiliş taklif qilingan.
Söngra iştirokçilar 3 guruhga bölingan. 6 hafta davomida 1-guruh köp miqdorda yonğoq iste'mol qilinadigan ratsionga amal qilgan, ikkinçi guruh faqat alfa-linolen kislota iste'mol qilgan, 3-guruhga na yonğoq, na kislotalar berilgan.
Natijada 1-guruhdagi iştirokçilarda yurak-tomir kasalliklari rivojlanişi xavfi kamaygani va qon bosimi me'yorlaşgani aniqlangan.
Ta'kidlanişiça, köp miqdorda yonğoq iste'mol qilgan iştirokçilarda alfa-linolen kislota yoki olein kislota iste'mol qilganlarga nisbatan qon bosimi örtaça past bölgan.












