Britaniyaning Biobank servisi tomonidan ötkazilgan tadqiqotda yonğoq iste’moli demensiya rivojlanişi xavfini pasaytirişi aniqlandi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyoda 55 million kişi demensiyadan aziyat çekadi. Yiliga 10 millionga yaqin yangi holat qayd etilmoqda, 2050 yilga kelib ularning soni uç baravarga köpayişi mumkin.

Demensiya nima?

Demensiya — orttirilgan aqliy zaiflik, u ilgari özlaştirilgan bilim va könikmalarning yöqolişi, aqliy qobiliyatlar yomonlaşuvi bilan tavsiflanadi. Kasallik xotira, fikrlaş va muloqot qiliş qobiliyatidagi muammolar bilan özini namoyon qiladi. Bunday insonlar uçun hatto oddiy kundalik vazifalarni bajariş ham qiyinlaşadi: öziga qaraş, ovqat tayyorlaş va yaqinlari bilan muloqot qiliş kabi işlar ularga murakkab tuyuladi.

Orttirilgan aqliy zaiflik turli sabablar, jumladan, Alsgeymer kasalligi yoki qon-tomir kasalliklari tufayli yuzaga kelişi mumkin. Kasallik rivojlanib borgani sari, odamlar yaqinlarini taniş va his-tuyğularini boşqariş qobiliyatini yöqotadi. Endi ularga ğamxörlik qiliş ham qiyinlaşadi.

Hozirça demensiyaga qarşi dori yöq, mavjud davolaş usullari esa faqat vaqtinça simptomlarni yengillaştiradi. Şuning uçun olimlar profilaktika usullarini qidirmoqda.

Tadqiqot

UK Biobank (tibbiy, genomik va boşqa biologik ma’lumotlarni saqlovçi servis) olimlari Buyuk Britaniyaning katta yoşdagi aholisi orasida yonğoq iste’moli bilan demensiya rivojlaniş xavfi örtasidagi aloqani örgandi.

Ular umumiy xususiyatga ega odamlarning ma’lumotlarini örganib çiqdi. Loyihada 40−70 yoş oraliğidagi 50 386 nafar iştirokçi qatnaşdi. Ular yonğoq iste’mol qiliş-qilmasligi, odatlari, soğliqlari va demensiya taşxisi bor-yöqligi haqida ma’lumot berdi.

Tadqiqotning dastlabki bosqiçida demensiya aniqlangan iştirokçilar sinovdan çetlaştirildi — bu tadqiqot natijalari kasallikning yangi holatlarini aniq aks ettirişi uçun zarur edi. Yonğoq iste’molini baholaş Oxford WebQ maxsus sörovnomasi yordamida ötkazildi.

Olimlar demensiya rivojlanişining oldini oliş uçun töğri ovqatlaniş ahamiyatini baholadi. Ularning fikriça, tarkibida antioksidantlar va yalliğlanişga qarşi moddalar bölgan ösimlik mahsulotlariga boy taomlar ayniqsa foydali.

Şu sababli ular Örta dengiz parhezini tavsiya etmoqda, çunki bu parhez asosan meva-sabzavotlar, töliq donli mahsulotlar va foydali yoğlardan iborat. Olimlarning fikriça, bu orttirilgan demensiya xavfini pasaytirişi mumkin. Yonğoqlar uşbu parhezning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi — ular miya faoliyatini qöllab-quvvatlovçi elementlarga boy.