Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampdan rasmiy taşrif bilan Vaşingtonga keliş töğrisida taklif oldi. Bu ma'lumotni Ukraina prezidenti ma'muriyati tasdiqladi.
"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vaşingtonga rasmiy taşrif buyuriş haqidagi taklifi uçun Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi", - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq "Zerkalo nedeli" naşri öz manbalariga tayanib Tramp va Zelenskiy uçraşuvi çoğida "Donbassdagi nizoni hal qiliş hamda biznes loyihalar töğrisida muloqot bölib ötişi" haqida yozgandi.
Naşrning ma'lumot berişiça, Zelenskiy Trampdan taklifnomani 31 may kuni olgan.












