Ayrim hollarda barça muammolarning asl aybdori – özimiz.
Hammamiz ham muvaffaqiyatsizliklarni boşdan keçirganmiz. Buning köplab sabablari bölişi mumkin, biroq oçiğini aytganda holatlarning köpçiligi bir narsaga borib taqaladi: hayot biror imkoniyatni taklif etganida, olğa boriş bilan boğliq bosim va qiyinçilikni bartaraf etişga intilamiz. Mağlubiyatga darhol yengiliş osonroq: orzu yölida hali bizni nimalar kutmoqda ekan?
Öz ustimizda işlaşni bartaraf etiş yölidagi 10 ta asosiy omadsizlik sabablari quyidagilardir. Ular yaxlit strategiyani aks ettiradi. Uşbu strategiyalarga amal qilib, muvaffaqiyatsizlik sari qadam qöyamiz.

1. Siz ajralib qolişdan qörqasiz
Har qanday jamiyat öz a'zosi ortiqça işonçni namoyiş etmasligi uçun ularning har birini kuzatadi.
Ralf Uoldo Emerson, amerikalik esseist, şoir va faylasuf
Odamlar özgalar özgarişi va ularni noqulay his etişga majbur qiladigan işlarni bajarişlarini yoqtirişmaydi. Özingizga öz idealingiz yölida çaqiriqni namoyiş etganingizda odamlar buni şaxsiy içki muvozanatlariga qilingan tahdid hisoblaydilar. Özgalarning muvaffaqiyati ularni şaxsiy mağlubiyatlari va bekorga sarflangan salohiyatlari haqida öylaşga majbur qiladi. Bu ança noqulay. Şuning uçun köpçilik sizning harakatingizga agressiya bilan javob beradi.
Bu hayot haqiqati. Agar biror buyuk narsaga erişişni istasangiz, özgaça ekaningizni tuşunişga töğri keladi.
Odamlar sizni ğalati, ahmoq, egoist, ezma, mas'uliyatsiz, yoqimsiz, qöpol, yuzaki, öziga işonçi bölmagan, semiz va körimsiz deb ataydilar. Sizni «reallikka qaytariş»ga intiladilar, özingizni «normal» kişidek tutişingizni istaydilar. Agar öz ğoya va istaklaringizga yetarli darajada işonmasangiz, uzoqqa bora olmaysiz.
2. Sizga qat'iylik yetişmaydi
2009 yilda Karl Marlantes Vetnam uruşi xotiralariga bağişlangan «Matterxorn» romanini naşr ettirdi. Kitob bessellerga aylandi. New York Times uni «uruş haqidagi eng çuqur mazmunli va kişida taassurot uyğotadigan asar» deb atadi.
Marlantes bunday muvaffaqiyatga qanday erişdi? 35 yil davomida kitobni naşr ettirişga harakat qildi. Bu uning butun umrining yarmidan köproq vaqt. U qölyozmani olti martadan ortiq qayta yozgan. Kitobni yozib bölgaç, dastlabki yigirma yil davomida naşriyotlar uni öqib körib, romanni rad etişgan.














