Yakunlangan oy taniqli işlab çiqaruvçilarning yangiliklariga boy böldi desak, adaşmagan bölamiz. ZenFone 6 deb nomlangan yangi avlod smartfoni dunyodagi birinçi aylanadigan kamerasi bilan yaqqol ajralib çiqdi.

OnePLus 7 Pro

Yangi OnePLus 7 Pro flagmani ekranning ramkasiz va har xil kesimlarsiz holati tendensiyasini davom ettirdi. Uning selfi-kamerasi oldinga suriladigan modulga örnatildi va undan foydalanişga zarurat bölmasa kamera şunçaki korpusga qaytib joylaşadi. Şu sababli smartfon old panelda ortiqça detallar yöq - uning ostki qismida barmoq skaneri optik datçiklari joylaşgan AMOLED ekrani hajmi 6,7 dyumni taşkil etdi.

Flagmanning yuragi katta quvvatga ega Qualcomm Snapdragon 855 protsessoridir. Uskuna eng katta 12 GB operativ va 256 GB içki xotira bilan ta'minlangan. Telefon qizib ketmasligi uçun esa uni suyuq sovitiş tizimi bilan jihozlaşdi.

Smartfonning orqa tomonida 48, 16 va 8 Mp moduldagi 3ta asosiy kamera mavjud. Kamera kutilgandan ham köproq natijaga erişdi: DxOMark testlarida uning töplagan balli 111’ni taşkil etdi. OnePlus 7 Pröning frontal kamerasi esa 16 Mp.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,67 dyum, 3 120 × 1 440 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8/12 GB, doimiy xotira 128/256 GB.
  • Kameralar: asosiy — 48 + 6 +8 Mp, frontal — 16 Mp.
  • Akkumulyator: 4 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (OxygenOS 9).

OnePlus 7 Pröning korpusi ikki xil rangda işlab çiqarilgan: kulrang va havorang. 6/128 GB varianti 669 dollar, 8/256 - 699 dollar, 12/256 GB esa 749 dollarga baholanmoqda.

Xiaomi Redmi K20 va K20 Pro

Xiaomi kompaniyasining özi oz emas, köp emas «qotil-flagmanlar» deb nomlagan sönggi smartfonlari  işlab çiqaruvçining ilk harakatlanuvçi 20 Mp frontal kameraga ega uskunasidir.

Ikki smartfon ham köriniş jihatdan bir xil: old tarafda Full HD+’da işlaydigan 6,39 dyumli AMOLED displey, orqa tarafda közni qamaştiruvçi qoplamaga ega şişa. Barmoq izi skaneri töğridan-töğri ekranda joylaşgan.

Uskunalar içi va kameralari esa farqli. Redmi K20 Pröda Snapdragon 855, tezkor xotira 6/8 GB va 64/128/256 GB içki xotira mavjud. Redmi K20’ning protsessori oddiyroq - Snapdragon 730, atigi 6 GB tezkor xotira va 64/128 GB’lik içki xotiradan taşkil topgan.

Ularning har ikkisi ham 3 kamerali: 48 Mp (Sony IMX586, f/1.75), 8 Mp (ikki karra optik zum) va 13 Mp. Kiçik modelda asosiy 48 Mp sensor Sony IMX582’ga almaştirilgan. Smartfonlar simsiz quvvatlaş tizimiga ega bölmasa ham, ularda NFC modul örnatilgan.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,39 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855 kattasida, Snapdragon 730 — kiçik modelda.
  • Xotira: katta modelda tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB, kiçigida 6 GB va 64/128 GB.
  • Kamera: asosiy — 48 + 13 + 8 Mp, frontal — 20 Mp.
  • Akkumulyator: 4 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (MIUI 10).

Redmi K20 Pro  6 GB OZU va 64 GB PZU 2499 yuan (362 dollar), Redmi K20 esa xuddi şunday siğim bilan 1999 yuan (290 dollar) etib belgilangan.

Honor 20 va 20  Pro

Huawei öziga tortuvçi glubin effekt va 6,26 dyumli Full HD+ ekranga ega yangiligini taqdim etdi. Smartfon ikki xil talqinda işlab çiqilgan: Pro qöşimçasiga ega katta va kiçik. Ular bir-biridan xotira siğimi, batareya quvvati va asosiy kamera kuçi bilan farq qiladi, xolos.

Smartfon mobil fotograflik işqibozlari könglidan joy oladi. Pro-versiya 4ta asosiy kamera bilan jihozlangan: 48 Mp, 16 Mp (kengburçakli), 8 Mp (3x zum) va 2 Mp (makro). Boşlanğiç talqinda esa zum uçun möljallangan 8 Mp kamera ötkir kesimli 2 Mp kameraga almaştirilgan. DxOMark laboratoriyalari sinovida Honor 20 Pro uçinçi poğonani zabt etdi. Oldingi örinlarda Huawei P30 Pro va Samsung Galaxy S10 5G.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,26 dyum, 2 340 x 1 080 piksel.
  • Protsessor: Kirin 980.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 128/ 266 GB.
  • Kameralar: asosiy - 48 +16+2+2 Mp kiçik modelda, 48+16+8+2 Mp kattasida, 32 Mp frontal.
  • Akkumulyator: 3 750 mA·s kiçik modelda, 4 000 mA·s kattasida.
  • OS: Android 9.0 Pie (Magic 2.1).

Pro-versiya uç xil rangda taqdim qilingan: yaşil, liliya va qora. Kiçik modifikatsiya — qora, oq va kök ranglarda. Honor 20 Pro — 599 yevro, Honor 20 esa 499 yevro.

ZenFone 6

Asus kompaniyasi taqdim etgan flagman özining noodatiy kamerasi bilan ajralib turibdi. Muhandislar bizni ekranni xunuklaştirib turadigan yoqimsiz kesimlardan xalos qilişdi. Buning örniga kameralar ZenFone 6’ning suratga oliş rejimida harakatga keluvçi moduliga joylaştirildi. Agar siz selfi olmoqçi bölsangiz, uşbu modul avtomatik tarzda buriladi va asosiy kamera frontal kameraga aylanadi. Zarurat paydo bölganda kamera burçagi qölda ham boşqarilişi mumkin.

Smartfon ekrani heç qanday ramkalarsiz, Corning Gorilla Glass 6 şişasi bilan himoyalangan va diagonali 6,4 dyumli va 2340x1080 megapiksel IPS-matritsa bilan ta'minlangan. ZenFone 6’ning içki qismi: Snapdragon 855 protsessor, 8GB’gaça tezkor xotira va 256 GB’gaça içki xotira; 

Quick Charge 4.0’da işlaydigan tez quvvat oluvçi 5000 mA·s akkumulyator. Smartfondan Powerbank sifatida ham foydalanişingiz mumkin. U 200 GB’gaça microSD’ni ham qöllab-quvvatlaydi. Unda standart audio-port borligi ham katta ahamiyatga ega.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,4 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 855.
  • Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB.
  • Kamera: asosiy — 48 + 13 Mp
  • Akkumulyator: 5 000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie (ZenUI 6).

P smart Z

Agar sizni yuqoridagi barça ramkasiz va harakatlanuvçi kamerali smartfonlarni körib çiqqan holda xuddi şunaqasidan sinab köriş fikri va uning kattagina summasi ikkilantirayotgan bölsa, e'tiboringizni Huawei’ning narxi hamyonbop bölgan P smart Z flagmaniga qarating.

Uşbu uskunaning içki qismlari budjetbop: Kirin 710F protsessori, 4 GB operativ va microSD fleşka orqali kengaytiriş mumkin bölgan içki 64 GB xotira. Lekin smartfon bular bilan emas, özining ramkasiz ekrani va harakatlanuvçi selfi kamerasi bilan ahamiyatga ega. 16 Mp sensorli modul korpus yuqorisi içkari tomonga joylaştirilgan va selfi rejimi işga tuşganda korpusdan kötariladi. Orqa panelda 16 Mp va 2 Mp’da işlaydigan asosiy kameralar mavjud.

Şu yeçimda işlab çiqarilgani sababli smartfon 2340x 1080 pikselli 6,59 dyumdagi LTSP displeyni qöllab-quvvatlovçi ramkasiz ekranga ega. Barmoq izi skaneri, USB Type-C va NFC moduli ham istisno emas.

Texnik tavsif

  • Displey: 6,59 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Kirin 710F.
  • Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB PZU.
  • Kameralar: asosiy - 16 +2 Mp, frontal - 16Mp.
  • Akkumulyator: 4000 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie.

Google Pixel 3a va 3a XL

Google Pixel smartfonlarida şak-şubhasiz 2 yutuq mavjud: Androidning haqiqiy versiyasi va juda zamonaviy kameralar. Lekin ularning narxi juda qimmat baholangan. Mablağini tejamoqçi bölgan xaridorlarga esa Google Pixel 3a va 3a XL modellari taqdim etildi, ular ikki barobar arzonroq.

Mobil fotografiya işqibozlariga uskunaning kamerasi manzur böladi - ular flagman modelidan töğridan-töğri köçirilgan. Lekin tan oliş kerak, korpusda, namdan himoya dasturi va simsiz quvvat oliş tizimida qisqartirişlar mavjud. Içki jihozlar ham örtaça: Snapdragon 670, 4 GB operativ va 64 GB içki xotira. Quloqçinlar uçun audio-port mavjud. Smartfonlar ekran hajmi bilan bir-biridan farq qiladi: Pixel 3a XL’da 6 dyum diagonalli OLED-ekran, Pixel 3a’da esa 5,8 dyum. Google smartfon xaridorlariga bepul Google Photos dasturini taqdim etadi.

Texnik tavsif

  • Displey: katta modelda 6 dyum, 5,8 kiçigida 2 220 × 1 080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 670.
  • Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB.
  • Kameralar: 12 Mp asosiyda, frontal - 8 Mp.
  • Akkumulyator: 3700 mA·s.
  • OS: Android 9.0 Pie.

Smartfon uç xil tusda taqdim etildi: qora, oq va yorqin liliya rangida. Narxlar kesimi Pixel 3a 399 dollar etib belgilangan bölsa, Pixel 3a XL sotib olişingiz uçun 479 dollar talab etiladi.