Xalqaro velosipedlar kuni munosabati bilan tez takrorlanadigan savollarga diqqatimizni qaratamiz.

1. Men velosipedda uçişni xohlayman. Menga maxsus kiyim- boş kerakmi?

Velosayohat xavfsiz va qulay ötişi uçun kerakli anjomlarni taxt qiliş lozim.

1.1. Şlem. U yiqilganingizda jarohatdan asraydi. Bunda yölingiz masofasi muhim emas. Şlemni doimo kiying. Ölçamiga ham e'tibor bering, kiçigi boşingizni qisib qöysa, kattasi har tomonga harakatlanib noqulaylik tuğdiradi.
1.2. Tor şim yoki legginsi. Keng etakli şimda sayr qiliş xavf tuğdiradi, zanjirga ilinişi mumkin. Har ehtimolga qarşi ularni paypoq içiga qistiriş yoki maxsus ilgiç yordamida ixçamlaştiriş zarur.
1.3. Veloşortilar. Agar siz ançagina uzoq masofaga yurişni maqsad qilgan bölsangiz, veloşortilar - zarurat. Ularning içki  yumşoq qoplamasi safarni qulay tarzda yakunlaşga yordam beradi. Yonboşingizda paydo böluvçi oğriqlar xavfi birmunça kamayadi.
1.4. Qölqoplar. Tinimsiz rul boşqaruvi keltirib çiqaruvçi qavariqlardan qölqopning gel qoplamali yostiqçalari asrab boradi. Issiq kunlarda barmoqsiz qölqop tanlaşingiz mumkin.
1.5. Közoynak. Quyoş, şamol, çang va mayda toşçalardan himoya qiladi.
1.6. Çuqur qoplamali poyabzal. Oyoqlar pedalga töğri bosiladi va sirğanib ketmaydi. 
1.7. Yorqin rangli ustki kiyim. Nur qaytaruvçi tusdagisi maqsadga muvofiq.
1.8. Ryukzak. Yelkaga qulay örnaşadigan bölişi lozim.

2. Tuşunarli. Velosipedni nima qilamiz?

Egarni töğrilang. Velosipedga ötiring va rulni qölga oling. Oyoqni töğri qöyişda pastgi holatdagi pedalga oyoqning barça ostki yuzasi bilan tayaniş va tizzalar ozroq egilgan bölişi kerak.

Eng yaxşi holat bu egar nişabligi nol darajada. Lekin qulaylik uçun uni ozroq  oldinga yoki orqaga egiş mumkin. Muhimi harakat davomida siz undan sirpanib ketmasligingiz kerak.

Rulning optimal balandligida siz uni heç qanday maşaqqatsiz uşlaysiz. Panjalar, bilak va yelka bir çiziqda turişi lozim.

Velosipedga fara va orqa tomonda pirpiraydigan fonar örnatişni yodingizdan çiqarmang. Ularni ğildirak ostidan otiluvçi havo va kirdan himoya qiluvçi qanot ham zarar qilmaydi.

3. Yangi boşlovçilar nimalarni bilişlari zarur?

Uzoq yölga çiqayotgan bölsangiz, tajribali velo-işqibozlar sizga turistlar uçun möljallangan çarm qoplamali örindiq tavsiya etişlari ehtimoli yuqori. Boşida egar sizning ölçamlaringizga moslaşib olgunga qadar sabrli va oğriqqa çidamli böling. Oz vaqt ötib qulaylikka erişasiz. Gel qoplamali egar ham yumşoqlikka öz hissasini qöşadi.
Maxsus sport dökonlarida sotiluvçi aksariyat toğ velosipedlarining şinalari katta va çuqur qoplamali böladi. Qoidaga muvofiq, boşlovçilar asfaltda uçişadi, qumliklarga juda kam ötişadi. Bu holatda ularga poluslik deb nomlanuvçi şinalar eng maqbul yeçim. Şu holatda uçişga kamroq kuç sarflanadi.

Yonboşda kelib çiqadigan oğriqlardan qörquv köpçilikni sevimli maşğulotidan qaytaradi. Yodingizda tuting: oğriq normal va vaqtinçalikdir. U katta bölmagan 3-4 uçişdan söng ötib ketadi. Muhimi tanaffuslar çözilib ketmasin. Köproq uçing, tezroq moslaşasiz.

4. Özimiz bilan nima oliş kerak?

Ryukzagingizda mavjud bölişi kerak bölgan zaruriyatlar: nasos, butlaş moslamalari, suv idişi, yengil tamaddi.

Çanqaşdan oldin oz-ozdan tez-tez suv içiş zarur, tamaddi esa oçlik hissini sezganingizda. 

5. Uzoq safarga qanday otlaniş kerak? 

50 km va undan uzoqroq masofani bosib ötiş öz navbatida tayyorgarlikni talab qiladi. Har kuni oz-ozdan soatlik velo maşğulotlarni özingizga qulay tezlikda ötkazing. Bosqiçma - bosqiç oraliq yöl va tezlikni oşirib boring. Masofa 30 kilometrga yetişi közlangan maqsadingiz sari safarga otlansangiz böladi.