Qömita vakili: «Ayrim xalqaro taşkilotlar «missionerlik» va «prozelitizm» tuşunçalarini qonun matnidan olib taşlaşni taklif qilişmoqda»
|00:18 / 04.06.201916 68510 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Özbekistonda qonun böyiça din vakillari uçun diniy bağrikenglik qay darajada ta'minlangan, sohadagi islohotlar, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun hamda «missionerlik» va «prozelitizm» haqida soha mutaxassisi Din işlari böyiça qömitasi bölim boşliği Behzod Muhsinoviç Qodirov bilan suhbatlaşdik.
- Özbekistonda din vakillari uçun diniy bağrikenglik qay darajada ta'minlangan?
- Özbekiston köp millatli va köp dinli bölgan dunyoviy davlat hisoblanib, asosiy qonunimiz - Özbekiston Respublikasi konstitutsiyasida hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanişi, har bir inson istalgan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egaligi hamda diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmasligi alohida ta'kidlab ötilgan.
Mazkur asosiy tamoyilga asoslangan holda olib borilayotgan davlat siyosati orqali yurtimizda tinçlik va osoyiştalik hukm surişiga, biror din boşqasidan ustun qöyilmasligiga erişilmoqda. Bugungi kunda Respublika böyiça 16 xil diniy konfessiya teng huquqlilik tamoyili asosida faoliyat olib borayotgan bölib, ularga, katta-kiçikligi yoki keng tarqalganligidan qat'i nazar, bir xil munosabatda bölinadi.
Dinlararo totuvlikka erişilişining asosiy sababi yurtimizda asrlar davomida hukm surib kelayotgan diniy bağrikenglik tamoyilining mavjudligi bölib, bugungi kunda bizning sa'y-harakatlarimiz ham aynan mazkur diniy bağrikenglik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş hisoblanadi.
16 noyabr kuni YuNeSKO tomonidan «Xalqaro bağrikenglik kuni»
deb e'lon qilingan. Özbekiston ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas
qismi sifatida mazkur harakatning yölboşçilaridan hisoblanadi.
Mana bir neça yildirki, respublikamizda mazkur kunga bağişlanib
turli xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari va uçraşuvlar ötkazib
kelinmoqda.
Xuddi şu voqelikning davomi sifatida Özbekiston Respublikasi
Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Boş Assambleyasining
2017 yilda bölib ötgan 72-sessiyasida «Ma'rifat va diniy
Mavzuga oid
bağrikenglik» rezolyutsiyasini qabul qiliş zarurligi xususida fikr
bildirilgan bölib, mazkur taklif dunyoning 50dan ziyod
mamlakatlarining taklifiga binoan 2018 yilning dekabr oyida bir
ovozdan qabul qilindi.
- Hukumat tomonidan din sohasida yangi islohotlar amalga oşirilişi rejalaştirilganmi?
- Hukumatimiz mamlakatda diniy erkinliklarni kengaytiriş yölidagi islohotni davom ettirib borib, mamlakatdagi din erkinligiga oid xavotirlar, davom etayotgan islohot yölida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qiliş töğrisidagi masalalarni oçiqça muhokama qilişni yölga qöydi. 2018 yilning may oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan BMTning din va e'tiqod erkinligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahidning 2017 yilning oktabr oyidagi Özbekistonga safari va 2018 yilning fevral oyidagi tavsiyalariga bevosita javob sifatida din va e'tiqod erkinligini ta'minlaş yölidagi maxsus «Yöl xaritasi»ga oid qöşma qaror qabul qilindi.
«Yöl xaritasi» bandlarining bajarilişi doimiy nazorat ostida bölib, Oliy Majlis tomonidan tuzilgan maxsus komissiya muttasil ravişda davriy hisobot tinglovlarini amalga oşirib kelmoqda. Mazkur yiğilişlarga nafaqat respublikada faoliyat olib borayotgan davlat va jamoat taşkilotlari, diniy taşkilotlar vakillari, balki, Toşkent şahrida faoliyat olib borayotgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari ham taklif qilinib, kelgusida qilinişi lozim bölgan masalalar yuzasidan muhokamalar ötkazilmoqda.
Bu yönalişdagi faoliyatning uzviy davomi sifatida bugungi kunda din masalalarini yoritişga bağişlangan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunni yangi tahrirda qabul qiliş ustida iş olib borilayotganini körsatib ötiş lozim böladi.
- Ba'zi xalqaro taşkilotlar tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunda körsatib ötilgan ba'zi salbiy holatlar - «missionerlik» va «prozelitizm» tuşunçalarining qonun matnidan olib taşlanişi taklif qilinmoqda. Bu masalaga qanday fikr bildirasiz?
- Yurtimizda diniy sohada amalga oşirilayotgan tizimli özgarişlar ba'zi bir xorijiy mamlakatlar hamda inson huquqini himoya qiluvçi xalqaro taşkilotlar tomonidan bir xil qabul qilinayotgani yöq.
Haqiqatan ham ayrim xalqaro taşkilotlar tomonidan hozirda
amalda bölib turgan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar
töğrisida»gi qonunda körsatib ötilgan ba'zi salbiy holatlar –
«missionerlik» va «prozelitizm» tuşunçalarining qonun matnidan
umuman olib taşlanişi zarurligi ta'kidlab kelinmoqda.
Ammo, afsuski, mazkur taklif beruvçilar BMT Boş Assambleyasi
tomonidan 1948 yil 10 dekabr kuni qabul qilingan «Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 29-moddasida qayd etilgan
«Har bir inson öz huquqi va erkinliklaridan foydalanişda
özgalarning huquq va erkinliklari demokratik jamiyatda
yetarli darajada bölişini hamda hurmat qilinişini
ta'minlaş, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining
belgilangan çeklanişlarga rioya etişi kerak», degan tamoyilni
umuman unutib qöymoqdalar.
Yuqoridagi huquqiy me'yorning keltirişidan asosiy maqsad şuki,
«missionerlik» va «prozelitizm» bilan şuğullanib kelayotgan ba'zi
bir rasmiy faoliyat olib borayotgan noislomiy diniy taşkilotlar,
şuningdek, noqonuniy faoliyat olib borişga intilayotgan noislomiy
diniy guruhlar a'zolari öz faoliyatlari bilan yurtimizda hukm
surayotgan tinçlik-totuvlik va osoyiştalikka rahna solib, er-xotin,
aka-uka, ota-ona va bolalar, qarindoş-uruğ, yoru-birodarlar orasiga
nafaqat sovuqçilik tuşişi, balki duşmanlik va adovat uruği
ham soçilişiga sababçi bölmoqdalar, bu holat, esa oxir-oqibatda,
jamiyatning ham parokanda bölişiga olib keladi.
- Bizdagi ma'lumotlarga köra, bir neça xalqaro taşkilotlar diniy taşkilotni röyxatdan ötkazişda mahalla tomonidan berilişi lozim bölgan kafolat xati töğrisidagi talabni qonun matnidan olib taşlaşni istaşmoqda. Bu gapda jon bormi?
- Rostdan ham yurtimizda xalqimiz bilan asrlar davomida çambarças
boğliq bölib kelayotgan «mahalla» instituti ba'zi bir
«döstlarimiz» uçun ortiqça bölib körinmoqda. Aslida esa, bugungi
kun voqeligi şundan dalolat beradiki, ba'zi bir yurtimiz uçun
noan'anaviy bölgan noislomiy diniy guruhlar qonunçilik qonun
qoidalarini aylanib ötgan holda bir amallab davlat röyxatidan ötib
oliş niyatida yuribdi. Aynan şu guruhlar uçun ham mahalla
faollari tomonidan ularning faoliyat yuritişiga rad javobi
berilişi ular tomonidan guyoki «inson huquqlarining buzilişi»
sifatida talqin etilmoqda.
Vaholanki, ular mahalla qömitalari tomonidan bildiriladigan har
qanday munosabat bu biror fuqaro yoki guruhning emas, balki şu
mahallada doimiy istiqomat qiladigan barça fuqarolarning,
ularning qaysi din yoki e'tiqodga amal qilişidan qat'i nazar,
xohiş-irodalari ekanligini butkul unutib qöymoqdalar, yoki bölmasa,
özlarini bilmaslikka olmoqdalar.
Mazkur guruhlar tomonidan «mahalla qömitasi davlat röyxatidan
ötişga tösqinlik qilmoqda» degan uydirmasi haqida gapirib ötiş
ham şart bölmasa-da, bugungi kundagi holat bilan taniştirib
ötişni lozim deb hisoblaymiz.
Jumladan, sönggi ikki yilni misol qilib oladigan bölsak,
Respublika böyiça jami 20ta yangi diniy taşkilot davlat
röyxatidan ötkazilgan bölib, şundan 17tasi islomiy, 3tasi esa
xristianlikning turli yönalişlariga taalluqli bölgan diniy
taşkilotlardir. Bu holat yuqorida aytib ötilganidek, heç bir
dinning boşqasidan ustun qöyilmasligi, har biriga bölgan
munosabat bir xilligidan dalolat beradi.
Şu örinda alohida ta'kidlab ötiş joizki, Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 31 maydagi 409-sonli qarori bilan yurtimizda diniy
taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkazişda qator yengilliklar
belgilab berilgan.
Töğri, olib borilayotgan turli xil sörovlar natijalariga köra,
bugungi kunda yurtimizning deyarli baloğat yoşiga yetgan barça aholisi
tegişli diniy taşkilotlar tomonidan qamrab olingan. Lekin, şunga
qaramay, dindorlardan kelib tuşayotgan murojaatlar körib çiqilişi,
hududlarda yana yangi diniy taşkilotlarga bölgan ehtiyoj doimiy
ravişda örganib kelinmoqda.
Yuqorida bayon etilgan fikrlarning barçasi yurtimizda dinlararo
bağrikenglik va millatlaro totuvlikni köz qoraçiğidek asrab
avaylaş, şuning bilan birga, Özbekistonning jahon hamjamiyatidagi
mavqeyini mustahkamlaş hamda xalqaro munosabatlarni kuçaytiriş
yölida olib borilayotgan keng qamrovli işlarning deboçasi deb atasa
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi