“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Haqiqiy zuhd” deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Tölqin Akrom öğli” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov şarhlab berdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix) 

Sahl ibn Sa'ddan (r.a) rivoyat qilinadi:

“Bir odam Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning oldilariga keldi. Va Rasulullohga: “Ey Allohning Rasuli. Bir amalga meni buyuringki, bu amal meni Allohga ham, insonlarga ham suyukli qilsin. Mana şu amal bilan Allohning ham, insonlarning ham muhabbatini qozonay”, dedi. Şunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Dunyo işlarida zohid bölgin, Alloh seni sevadi. Va insonlar örtasidagi narsalarda ham zohid bölgin, insonlar ham sevadi”, dedilar.

Zohid degani, dunyo işlaridagi matohlarga qiymat bermaslikdir. Ya'ni, dunyodan ehtiyojiga yaraşa foydalaniş zarur, biroq dunyoni qalbga kiritmaslik darkorligini anglatadi. Mana şunda dunyo qalbga kirmaydigan narsaga aylanadi. Mana şunda Allohning muhabbatini qozoniş mumkin böladi. 

Inson yarim kosa taom bilan töyinadi, egni uçun bitta libos bilan usti yopiq böladi. U haşamatli qasrda hayot qilsa ham, oddiy bir kulbada yaşasa ham insonning umri ötaveradi. Ammo inson mana şu dunyoda Alloh bergan ne'matlarni qalbiga kirgizmasin. Allohning huzurida mahbub bölgan banda dunyoning qiymatini qalbiga kirgizmaydi. Uni Robbidan ustun qöymaydi.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam insonlar örtasidagi narsaga ham qiymat bermagin dedilar. Ya'ni, insonlarning örtasidagi narsani xudbinlik bilan özingniki qilib olişga urinmagin, degan ma'noni anglatadi. Ehtiyojga kerakligini oliş, undan ortiğiga egalik qilişga şoşilmaslik lozim.