Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirişning dolzarb masalalari» mavzusida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

Unda «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining tijorat masalalari böyiça direktori Alişer Zufarov va boşqa mutasaddi xodimlar OAV vakillari murojaat qilgan savollarga javob berişdi.

Jumladan, «Özbekistonda internet tezligi qaçon haqiqatan ham 10 barobarga oşiriladi?» degan savolga Zufarov quyidagiça javob qaytardi:
«Özbektelekom» AK tomonidan Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va şu tariqa XPKM komplekslarining umumiy ötkaziş qobiliyati 10 barobar: özgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gaça ösdi.
Bu — Özbekistonda internet tezligi 10 marta yaxşilandi, degani. Endi esa kabellar va boşqa internet qurilmalarini yangilaş, ana şu tezlikka moslaş kerak. Hozirgi vaqtga qadar 4 ming km.dan ortiq mis kabellar yangilandi, XDSL texnologiyasi yordamida xizmatlar sifati yaxşilandi. Joriy yilning birinçi çoragida 2 ming 408 ta köp qavatli uy, 1108 ta maktab zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta'minlandi.
«Özbektelekom» AK va boşqa ijtimoiy obektlar uçun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etiş uçun 5000 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yölga qöyilmoqda».
Özbekiston internet reytingida qaçon kötariladi?

«Özbektelekom» matbuot kotibi Aleksandr Suçkovning aytişiça, Özbekiston aslida reytingda ança yuqori örinda bölişi kerak. Çunki qöşni mamlakatlarda 4G internetning özi yöq.
«Ayrim reytinglarni körib, nega bu qadar past poğonada ekanimizga özimiz ham hayron qolamiz», – dedi Aleksandr Suçkov.











