Kun.uz tahririyati jamoasi barça mömin-musulmonlarni muqaddas va uluğ ayyom – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Ötgan Mohi Ramazon oyida ado etilgan ibodatlar qabul bölişini, qilingan duolar mustajob etilişini Alloh taboraka va taolodan uşbu saodatli kunlarda sörab qolamiz. Qalblarimizdagi iymon yanada ziyoda bölsin, xonadonlarimizdan qut-baraka arimasin, vatanimiz yanada obod, xalqimizning turmuşi yanada farovon bölsin.
Hayit kunlarining har bir lahzasi körkam, fayzli va gözaldir. Ana şu onlarda bir-birimizga şirin kalom ulaşiş, mehr körsatiş, ota-onalarimiz duosini oliş, yon-atrofdagilarga tabassum ila quvonç ulaşiş har bir mömin-musulmonning bayramdagi xislati, odobidir.
Bu yili Ramazon oyi may oyining salqin kunlariga töğri keldi va bu vatandoşlarimiz 30 kun davomida röza tutişdi. Respublikaning turli şaharlaridagi yuzlab masjidlarda taroveh namozlari ado etildi.

Kun.uz tahririyati xodimlari, nafaqat öz öquvçilari, balki butun mömin-musulmonlarning hayotida ana şunday nurafşon kunlar bardavom bölişining tilakdoşi. Xonadoningizda tinçlik-xotirjamlik, qut-baraka va yaxşilik bölişini tilaymiz.
Alloh barça tavbalarimizni qabul qilib, haq yölidan adaştirmasin. Qilayotgan ibodatlarimiz, xayrli amallarimizni öz dargohida qabul etsin. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni keçirsin.

Yana bir bor barçamizga Ramazon hayiti muborak bölsin!












