Saida Mirziyoyeva özining Facebook sahifasida Özbekiston prezidentining palov tayyorlaş jarayoni aks etgan fotosuratni joylaştirdi.
“Ba'zida oilaviy dasturxonimiz uçun oşni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamçi. Arafa muborak!”, - deya suratga izoh bergan Saida Mirziyoyeva.

Özbekiston prezidentining ikki qizi, bir öğli va beş nafar nabirasi bor.
Biroz avval Özbekiston prezidentining rasmiy saytida Şavkat Mirziyoyevning Ramazon hayiti munosabati bilan Özbekiston xalqiga tabrigi e'lon qilindi.
“Dunyodagi jamiki musulmon ummati uçun mötabar va qadrli bölgan şu saodatli, uluğ ayyomda siz, azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlar, butun xalqimizni Ramazon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-şafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon böladigan uşbu şukuhli damlarda barçamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutluğ va barokatli kunlarga yetkazgani uçun behisob şukronalar aytamiz”, deyiladi jumladan tabrikda.
Eslatib ötamiz, bu uluğ ayyomni yanada mazmunli ötkaziş uçun şaroit yaratiş maqsadida 5-6 iyun Özbekistonda dam oliş kunlari deb e'lon qilindi.











