“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Şar'iy hududlarni saqlaş”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Tölqin Akrom öğli” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov şarhlab berdi.

YouTube

Tas-IX

Abu Salaba al Xuşaniy (r.a) dedilar: “Payğambarimiz alayhissalotu vasallam aytdilar: “Albatta, Alloh taboraka va taolo farzlarni buyurgan. Mana şu farzlarni zoye qilmanglar, ya'ni unga loqayd bölmanglar...”. 

Alloh taoloning farzlarga loqayd bölişlik beparvolikni, beparvolik esa bora-bora farzni inkor qilişlikni vujudga keltiradi. Şu sababdan Alloh buyurgan amallarda inson doimo ehtiyot bölişi darkor. Heç ham iloji yöq bölgan joyda, imkonsiz qolgan holatda Alloh taoloning buyurgan farzini qilmayotganligidan mömin-musulmon kişi iç-içidan puşaymon bölişi lozim.

“... Alloh ba'zi hadlarni belgilab qöygan. Unda haddan oşmanglar, uni buzmanglar...”, dedilar ikkinçisida.

Ya'ni, Alloh çegaralab qöygan eng qattiq hadlar - harom amallardir. Bunday amallarga yaqinlaşmaslik kerak.

“... Alloh taolo ba'zi narsalarni harom qilgan, u harom qilingan narsalarga yaqinlaşmanglar...”, dedilar keyingisida.

Alloh taoloning harom qilgan amallariga yaqinlaşmoqlik, bu amallarni yengil sanalişiga olib keladi. Masalan, zinoni Alloh harom qilgan. Zinoga olib boruvçi yöllar bor: nomahram insonlar bilan hilvatda qoliş, birovning şahvoniy mavzudagi suhbatiga quloq osiş, nomahram qizlar bilan şahvoniy mavzularda gaplaşiş va hokazo. Alloh zinoga yaqinlaşmang degani, unga olib boruvçi yöllarga ham yaqinlaşmang deganidir. Agar yaqin tutiladigan bölsa, harom qilingan amalga ötib ketib qoliş ham heç gap emas.

“... Ba'zi narsalar sizga Allohning marhamati bölgani sababidan Alloh sukut qilgan, ularning hukmini bayon qilmagan. Mana şu narsalarda bahslaşmanglar...”.

Alloh taolo bandalari bilişni istamagan ba'zi amallar bor. Mana şu amallarda insonlar bir-birlari bilan bahslaşmasliklari kerak. Masalan, u dunyoning hayoti haqida hadislarda kelgan bayon bilan kifoyalanişi lozim. Mana şunday masalalarda bahslaşişlik insonning xato qilişligiga sabab böladi.