Bişkek biqinidagi kiçkinagina Quyi Orok qişloğida 340ta oila yaşaydi va aholisi asosan qirğiz va turk-mesxeti vakillaridir. Kuni keça, butun dunyodagi mömin-musulmonlar hayit namozlarini öqib, bayramni nişonlayotgan bir paytda bu hudud yoşlari örtasida janjal kelib çiqqan va bir kişi şifoxonaga yotqizilgan. Janjal şu bilan yakun topmay, yiriklaşa boşlagan, kattalar ham aralaşgan – 15dan ortiq uy zarar körgan, ayrim uylarga yondoş binolar yoqib yuborilgan. Guvohlarning sözlariga qaraganda, avtomobillar va boşqa mulklarga ham zarar yetkazilgan. Qirğiziston içki işlar vazirligi mojaro maişiy ekanligi, millatlararo xarakterda emasligini bildirgan bölsada, öyga toldiradigan jihatlar talaygina...

Qirğiziston Markaziy Osiyoning hududi va iqtisodi nisbatan kiçik, lekin aholisi siyosiy jihatdan ança faol davlati hisoblanadi. Siyosiy ilğorlikning özi xos jihatlari bisyor – qirğizistonliklar hokimu-parlamentlargaça tanqid qilişdan oşinib, prezidentga qarşi ham namoyişlar ötkazişaveradi. Sönggi 10-15 yil içida mamlakatda ikki marta rangli inqiloblar bölib ötgan, tuzumlar almaşgan, davlat rahbarlari quvğin qilingan. Albatta, qöşni davlat, qardoş qirğiz birodarlar mustaqil, öz taqdirlarini özlari belgilaydi, biz ularga aql örgata olmaymiz.

Ammo öyga toldiradigan masalalar borki, ular haqida sözlasa, ayrim jihatlarni taqqoslasa arziydi. Uzluksiz namoyişlar, tuzumlar almaşinuvi, birinçi şaxs quvğinlari iqtisodda, xalq farovonligida siyosiy faollik darajasida aks etmagan. Demokratiya rivoji korrupsiyani böğa olmagan, rivojlaniş kutilgan natijani bermagan. Umuman, gap bu haqda emas, mavzudan çetlaşdik.

Dunyoda millatparvar va millatçi degan tuşunçalar bor. Lekin köp hollarda bu ikki toifa bir-biriga aralaşib, qorişib ketadi, kimning maqsadi nimaligi unutiladi, oxir-oqibat köp hollarda mayda millatlar kamsitiladi, etnik guruhlar mazlumlarga aylantiriladi.

Qirğizistonning Öş viloyatida bunday holatlar ikki marta kuzatilgan. 1990 yildagisi OAV kuçli nazoratdaligi, hali internet, aloqa vositalari rivojlanmagan bölgani tufayli tarix sahifalarida uzuq-yuluq ma'lumotlar bilangina qolgan. Lekin qirğin nihoyatda jiddiy keçgan.

2010 yildagi voqealar esa har qadamda muhrlanib bordi, etnik mojarolar kiçik töqnaşuvlar maqomini xatlab ötib haqiqiy qirğinga aylandi, qon daryo böldi. Köçalarga «...larga ölim!» degan oçiqdan-oçiq yozuvlar kötargan yoşlar tödalari çiqişdi. Qonga tölgan közlarga keksalar ham, gödaklar ham körinmadi. Ming afsuski, hali özi şakllanib ulgurmagan hukumat jarayonni nafaqat jilovlay bilmadi, balki kengayib ketişiga ham zamin yaratdi. Rasmiy ma'lumotlarga köra 500 nafarga yaqin, norasmiysiga köra esa 2000dan ortiq odam