Qirğizistonning Çuy viloyati Sokuluk tumani Orok qişloğida hayit namozi vaqtida yuz bergan muştlaşuv tufayli jiddiy mojaro sodir böldi. Bu haqda Akipress xabar qilmoqda.
Militsiya ma'lumotiga köra, ertalab yoş yigitlar - qirğiz va turklar örtasida muştlaşuv yuz bergan, birinçisi kasalxonaga tuşgan. Muştlaşuvdan söng, mahalliy aholi yiğilib, yigitlarning oilalarini köçirib yuborişni talab qildi.
Orok qişloğida şundan keyin yuz bergan tartibsizliklar paytida mahalliy aholi turklar yaşaydigan uylarga hujum qila boşlagan. Xususan, xöjalik inşootlari yoqib yuborilgan, uylar derazalari sindirilgan, avtomaşinalar oynalari urib tuşirilgan.





Qişloqda yuzaga kelgan mojaroda yuzdan ortiq fuqaro iştirok etgan. Militsiya ularni qölga olişni boşlagan.
Çuy viloyati IIBB matbuot xizmati xodimi Nazira Imangaziyeva xabariga köra, Orok qişloğidagi mojaro natijasida 25-30 kişi qölga olingan.



















