Transport vazirligi maʼlumotiga köra, 7-oktabr kuni vazir Ilhom Mahkamov JBIC katta boşqaruvçi direktori, direktorlar kengaşi aʼzosi Xiroki Sekine boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşgan.
Muzokaralarda transport sohasidagi loyihalar böyiça hamkorlikni kengaytiriş va ularni moliyalaştiriş imkoniyatlari körib çiqilgan.
Xiroki Sekine sönggi yillarda Özbekistondagi loyihalarda iştirok etişga qiziqiş sezilarli darajada ortayotganini taʼkidlagan. U bankning kelgusi uç yil davomida respublikadagi 14 ta loyihani moliyalaştirişda qatnaşiş rejasini maʼlum qilgan.
Uçraşuvda ikki loyihaga alohida eʼtibor qaratilgan: «Özaeronavigatsiya markazi» ehtiyojlari uçun havo harakatini boşqariş tizimlarini yetkazib beriş hamda Toşkentning yangi xalqaro aeroportini quriş.
Tomonlar uşbu loyihalarning hozirgi holati va ularga JBIC mablağlarini jalb qiliş masalalarini muhokama qilgan. Rasmiy xabarda moliyalaştiriş miqdori yoki kredit bitimi imzolangani haqida maʼlumot berilmagan.
Uçraşuv yakunida hamkorlikdagi transport loyihalarini jadallaştiriş va istiqboldagi loyihalar böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişilgan.












