Samarqand şahridagi Şohrux köçasi 56-uyda yaşovçi fuqaro Kun.uz tahririyatiga murojaat qildi.

«2012 yildan beri şu köçadagi uyda yaşab kelamiz. 2016 yil bizni köçirmasdan, şundoqqina tepamizdan quriliş boşlanib ketdi. Avval uylarimizning bir tomonidan, keyin narigi tomonidan öra kavlab taşlaşdi. Heç qança vaqt ötmasdan uyimiz yorilib avariya holatiga kelib qoldi. Şahar hokimligiga ham, viloyat hokimligiga ham murojaat qildim. Foydasi bölmadi. Quruvçi esa «ertaga, indinga» qabilida vaqtni çözib kelmoqda», — deydi uy sohibi.

Murojaatni örganiş uçun borganimizda mana şu manzaraga duç keldik: 

Aholi yaşayotgan uyning kiriş eşigi oldiga vagon qöyilib, qurilişlar boşlab yuborilgan. Uylar avariya holatiga kelib qolgani aftidan heç kimni qiziqtirmagan. Aks-holda, bunday ayançli joyda bir yildan beri aholi yaşab kelmagan bölardi.

Dastlab fuqaroning murojaatlariga Samarqand şahar hokimligidan quyidagi mazmunda xat kelgan: «Fuqaro tomonidan yuqorida körsatilgan muammolarni bartaraf etiş va uy-joyi örniga şaharning boşqa uy-joy bilan ta'minlaşga «Jahon kafolat stil» XK örtasida özaro kelişuvga kelişilganini ma'lum qilamiz».

Biroq ana şu kelişuv amalga oşmagan, «Jahon kafolat stil» XK fuqaroni aldab kelmoqda, fuqaroning keyingi murojaatlari ijobiy yeçim topmagan. Endi esa hammasi öz holiga taşlab qöyilmoqda.