Iyun oyidan butun Yevropada navbatdagi transfer oynasi oçildi va biz endi salkam uç oy davomida transferlar haqida xabarlar öqiymiz. Uşbu mavzudagi yangiliklarni kuzatişda paydo bölişi mumkin bölgan savollardan kelib çiqib, transferlar jarayoni, narxlar va kelişuvlarning qanday sodir bölişi va boşqa muhim jihatlar haqida hikoya qilamiz. Maqolada Independent naşri jurnalisti Jon Koenning materialidan ham foydalanilgan.

Narxlar qanday hosil böladi?

Bu futbol muxlislari orasida eng köp muhokama böladigan, şu bilan birga eng köp tuşunmovçiliklarga sabab böladigan mavzulardan biridir. Sababi, misol uçun, uşbu yozda «Borussiya» tarkibida atigi bir yil yaxşi öyin ötkazgan Jyeydon Sanço 100 million funtga, «Oltin töp»ning oxirgi egasi Luka Modriç esa undan beş barobar arzon narxga sotilişi mumkin. Bu nimasi?

Ammo vaziyatga çuqurroq qaralganda, har qanday transfer qiymatining mantiqan asosli faktorlar evaziga yuzaga kelişini köramiz.

Birinçidan, klublar öz moliyaviy xarajatlarini hisobga olişda, alohida bir davrdagi transfer qiymati e'tiborga olinmaydi. Klub bir yozda xaridlar uçun 300 million funt sarflasa, bu öşa klubning öşa davr uçun şunça pul sarflaganini anglatmaydi. UYeFA Fair Play tekşiruvlarini amalga oşirganda ham bu yöldan bormaydi.

Futbolçi 50 million funtga sotib olindi. U bilan yiliga 5 million funtlik beş yilga şartnoma imzolandi. (50+25)/5 = 15. Klub bu futbolçi uçun yiliga 15 million funt xarajat hisoblanadi. Luka Modriç «Real»da katta maoş oladi, şuning uçun, madridliklar uni sotayotganda, aynan öşa miqdorda yoki undan köp maoş tölay oladigan klub bilan kelişişga majbur. Yoki Modriçning özi maoşining pasayişiga rozi bölişi kerak böladi. Bundan kelib çiqadiki, Luka Modriçning maoşi Sançonikidan bir neça barobar köp. Demak, xarajatlar yillarga soçib yuborilganda, aslida Sanço Modriçga nisbatan beş barobar qimmatga tuşmaydi.

Ikkinçidan, futbolçining yoş ekani ham muhim sanaladi. Çunki Modriç yana uzoği bilan 2-3 yil yuqori saviyada öynaydi, undan keyin yo futbolni tark etadi yoki arzonroq narxga sotilişi mumkin. Ya'ni, xorvatiyalik futbolçi bilan qayta şartnoma imzolab, keyin yaxşi narxga sotib yuboriş orqali, xarajatlarni qoplaş imkoniyati yöq. Sanço holatida aksinça, 18 yaşar futbolçi 5 yildan keyin ham 23 yoşda böladi va uni hatto hozirgidan köra qimmatroq narxga sotib yuboriş imkoniyati bor. Şu orqali, klub Sanço transferidan hatto foyda qilişi ham mumkin.

Uçinçidan, narxlar şakllanişida futbolçi va klub örtasidagi joriy şartnoma muddati ham katta ahamiyatga ega. Odatda, klublar futbolçining şartnoma muddati bir yil qolganda, «tipirçilab» qoladi. Bu davrda kerakli futbolçi bilan qaytadan şartnoma tuzilişi şart. Aks holda, u kelasi mavsumda erkin agentga aylanişi va tekinga ketib qolişi mumkin. Agar qaytadan şartnoma tuziş imkoni bölmasa, klub imkon qadar u futbolçini sotib yuborişga urinadi. Heç bölmasa, qaysidir miqdorda pul olib, futbolçiga ötgan davrda qilingan xarajatlarning bir qismini qoplaş uçun. Bu vaziyatni boşqalar ham bilib turadi. Şuning uçun ham şartnoma muddati kam qolgan futbolçining narxi nisbatan arzon bölişi turgan gap. Aytaylik, Levandovski uçun 40, Lukaku uçun 80 million tölansa, bu belgiyalik futbolçining ikki barobar zör öyinçi ekanini anglatmaydi.    

Tebas yoki Al Muborak? Kim haq?

Yaqinda La Liga prezidenti Xaver Tebas va «Mançester Siti» direktorlar kengaşi raisi Xaldun al Muborak örtasida dahanaki jang bölib ötdi. Tebas avvalroq, «Mançester Siti» va «PSJ» kabi klublar transfer bozoriga salbiy ta'sir ötkazayotganini aytib çiqqandi. Al Muborak esa aslida transfer rekordlarini urişni «Real» va «Barselona» boşlaganini rökaç qildi.

Haqiqatan ham transfer qiymatlari juda tez sur'atlarda oşib bormoqda. Atigi ikki yil oldin Antoni Marsiyalning 50 million funtga «Mançester Yunayted»ga ötişi qay darajada şov-şuvga sabab bölgan bölsa, hozirda Yevropa futbolida umuman nomi çiqmagan Joau Feliş kabi yoş futbolçilar uçun ikki barobar köp narxlar belgilanyapti. Yuqoridagi mutaxassislarning qaysi biri haq?

Menimça, javob ularning örtasida va Joze Mourino bir yil oldin bu mavzu haqida töğri fikr bildirgandi.

«Gap Neymar yoki Pogbaning juda yuqori transfer qiymatida emas. Bunday darajadagi iqtidorli yulduzlar dunyoda nari borsa, 4-5 nafar xolos, ularga har qança pul tölanişi bozorga ta'sir qilmaydi. Bunday yulduz futbolçilar marketing nuqtai nazaridan ham yaxşi daromad keltiradilar va aytganimdek, ular köp emas. Butunlay bozorga ta'sir qiladigan holat – masalan oddiy qanot himoyaçisini 50 millionga sotib olişdir. Ha, ular yaxşi, foydali öyinçilar, ammo şunçaki, «Mançester Siti» bir qanot himoyaçisiga 50 million töladi. Bu degani, tarkibdagi har bir futbolçi kamida şu narxda bölişi kerakligini anglatadi. Bu holat futbol olamida faqat yulduzlarni emas, hammaning narxini oşiradi. Bozorga ta'sir qiladi», – degan endi Joze Mourino.

Transferlar muzokaralari qanday işlaydi?

Har qanday transfer muzokarasi bir paytning özida uçta muhim yönalişda olib boriladi.

1) Sotuvçi va sotib oluvçi klublar örtasida transfer narxini kelişiş;

2) Sotib oluvçi klub va futbolçining agenti örtasida futbolçining şaxsiy şartnomasi böyiça;

3) Sotib oluvçi klub va futbolçining agenti örtasida, agentga tölanadigan tölovning hajmi böyiça.

Sotayotgan klub avvalo, xaridor klub va futbolçi örtasida muzokaralarni boşlaş uçun ruxsat berişi kerak böladi, ammo amaliyotda turli «örtakaşlar» ham mavjud bölib, ular rasmiy sörovdan oldin futbolçining fikri bilan qiziqadilar va xaridor klubga yetkazadilar. Bunday holatlarda köpinça, noqonuniy ravişda futbolçi bilan aloqaga çiqiş deb tuşuniladi va iş ayblovlargaça yetib borişi mumkin. Masalan, ikki yil avval, yozda, «Sauthempton» «Liverpul»ni Virjiyl van Deyk bilan mana şunday muzokaralarda aybladi va mersisaydliklar rasman uzr söraşdi. Natijada, tört oy ötib, «Liverpul» halol yöl bilan bordi va niderlandiyalik himoyaçi öz ampluasi uçun rekord narxda sotib olindi. Aks holda, klublar futbolçi bilan kelişib qöyib, unga ta'sir ötkazişlari mumkin. Futbolçi ketaman, deb turib olsa, klub uni arzon qöyib yuborişga majbur bölişi mumkin. Bu notöğri.

«Liverpul»ning özi ham, ikki marta mana şunday vaziyatga tuşib qolgan. Ammo Koutino bilan ham, Suares bilan ham boğliq holatlarda, klub öz pozitsiyasida qat'iy turişga muvaffaq bölgan. Har ikki futbolçi ham klub istagan paytda va klub istagan narxlarda «Barselona»da sotilgan.  

Transfer böyiça muzokaralar asosan WhatsApp tarmoği orqali amalga oşiriladi.

Agentlar va klub rahbarlari asosan mana şu tarmoqdan foydalanişni afzal köradilar. Haqiqatan ham, bu elektron poçtasidan köra osonroq, hammaning telefoni doim özi bilan, guruh çatlarini amalga oşirişga qulay, jönatilgan xabarning oçib öqilgani haqida öz vaqtida biliş mumkin, dunyoning istalgan nuqtasidan yoziş va gaplaşiş imkoni mavjud.

Bundan taşqari, klub xodimi yoki rahbari boşqa mamlakatga ketişi, boşqa klubda iş boşlaşi, elektron manzil yoki telefon nomerlarini özgartirişi mumkin, ammo WhatsApp manzili özgarmay qoladi. Bu esa, aloqani qayta örnatiş, kerakli odamning kontakt ma'lumotlarini izlab topişni osonlaştiradi. Xullas, futbol olamida bu ijtimoiy tarmoq juda keng qöllanadi.

Ba'zi kelişuvlar nega transfer oynasi oçilmasidan oldin ham e'lon qilinadi?

Masalan, «Mançester Siti» ikki yil oldin Bernardo Silvaning transferini 26 may kuni e'lon qildi. Klub aslida 1 iyulgaça yangi transferni röyxatga olişi mumkin emas, ammo bu klubga futbolçi bilan kelişiş, şartnoma imzolaşga xalaqit bermaydi. Aksariyat klublarda moliyaviy yil 1 iyuldan kelasi yilning 30 iyunigaça davom etadi, ya'ni kelasi transfer oynasi oçilgunça - bu transferlarning hisob-kitobi, yilning moliyaviy baholanişi uçun qulay.  

Ammo klublar ba'zida transferlarni eski yilga hisob-kitob qila oladilar. Misol uçun, «Barselona» Fabregasni «Çelsi»ga 2014 yilning iyunida sotdi va öşa transferdan qilingan daromadni aynan tugayotgan yilning daromadlariga qöşdi. Lekin baribir, «Çelsi» Fabregasni 1 iyulgaça röyxatga ololmasdi.

Şu bilan birga, marketing nuqtai nazari ham bor. Ryudigerning transferi keçroq e'lon qilinganini oling. «Çelsi»ning Adidas bilan şartnomasi 30 iyunga qadar bölib, 1 iyuldan Nike bilan şartnoma boşlandi. «Çelsi» Nike bilan 15 yillik 900 millionga şartnoma tuzgan. Öz-özidan londonliklar iyuldan oldin Ryudiger transferini yangi homiyga raqobatçi bölgan eski homiy - Adidas formasida e'lon qilişdan foyda yöq edi. Axir yangi futbolçini yangi homiy tikkan forma bilan taniştiriş mantiqan töğri keladi.

Bunday holatlarda klublar yangi homiy bilan şartnoma muddati boşlanişini kutadilar. Şuning uçun ham, ba'zi göyoki aniq amalga oşirilgan transferlarning ham rasmiy e'lon qilinişi çözilib ketadi.

Nega futbolçilar barteri kam amalga oşiriladi?

Bir qaraganda, bunday kelişuvlar juda foydali va oson körinadi. Ammo ba'zi istisnolarni (Gallas/Koul, Matiç/Luiz, Mxitaryan/Sançes) e'tiborga olmasa, bunday kelişuvlar deyarli amalga oşirilmaydi. Yuqorida tilga olganimizdek, bir futbolçining boşqa klubga ötişi uç tomonlama kelişuv bilan amalga oşiriladi. Endi, narigi tomonda ham futbolçi bölsa, ikki barobar tasavvur qilavering. Buning ustiga har ikki futbolçi ham narigi klubda öynaşga rozi bölişi kerak.

Esingizda bölsa, «Real» va «MYu» örtasida mana şunday kelişuv amalga oşişiga yaqin turgandi. Aslida sönggi daqiqalarda bir qança transferlar amalga oşişini köramiz, öşanda vaziyatni çözib yuborgan jihat ham, işlamay qolgan faksdan taşqari, mana şunday olti tomonlama kelişuvlar bölgandi. Sönggi daqiqalarda Navasning «MYu» bilan şartnoma şartlarida muammolar paydo bölgani haqida ham xabarlar çiqqandi.

Financial Fair Play transferlar oyoğiga boltami?

Qisman olganda, ha. Bu qoida futbol klubining transfer bozoridagi xarajatlari aynan futbol faoliyatidan oladigan daromaddan oşib ketmasligini talab qiladi. Bu badavlat investorlarning katta pullarni bozorga olib kirişlarini çeklaydi.

Ammo uşbu qoidaning işlaş prinsipini köpçilik boşqaça tuşunadi. Misol uçun, bir klubning ma'lum bir transfer bozoridagi sarflarini hisoblab, mazkur qoidaga mos kelmayotgani haqida gapira boşlaydilar. Aslini olganda esa, qoida biroz farqli işlaydi.

Birinçidan, hisob-kitoblar faqat bir yoki transfer dariçasi uçun amalga oşirilmaydi, balki bir neça moliyaviy yil inobatga olinadi.

Esingizda bölsa, «Inter» iyun oyida qaysidir futbolçisini sotişga majbur ekani haqida köp yozildi va «MYu» Ivan Perişiçni sotib olişga harakat qildi. Sababi, aynan iyun oyida oxirida nihoyasiga yetadigan moliyaviy yilda «Inter» daromadlari oldingi yillarda qilingan transferlarni qoplaşga ozgina yetmayotgandi. Keyinçalik, qöşimça homiylik şartnomalari orqali «Inter» bu masalani hal qildi va milanliklar Perişiçni sotişi şart bölmay qoldi.

Tovon pullari nima?

Ba'zida, çigallik yuzaga keladi, masalan bir klub futbolçi uçun belgilangan tovon pulini tölaşga rozi böladi, ammo baribir transfer amalga oşmaydi. Gap şundaki, aslida ikki xil tovon puli mavjud: haqiqiy va «adolatli».

Haqiqiy tovon pullari - agar xaridor klub belgilab qöyilgan badal pulini tölab bersa, klub futbolçini sotişga majbur bölib qoladi. Şuning uçun, klublar avvaldan şartnoma şartlarini oğir qiladilar va haqiqiy tovon pullarini juda yuqori belgilab qöyadilar. Ayniqsa, APL klublari bu borada pişiq işlaşadi: futbolçi uçun belgilangan tovon pullari tizimi APLning boşqa klublariga ötmaydigan qilib qöyişadi. Portugaliya klublari odatda, futbolçini sotib olmoqçi bölgan boşqa portugal klublari uçun tovon pullarini 3-4 barobar qimmat qilib belgilab qöyadilar.

«Adolatli» tovon pullarining unça ta'siri yöq, bu şunçaki, öşa belgilangan summani taklif etgan xaridor klub bilan muzokaralar stoliga ötirişni talab qiladi, xolos. Klub öşa pulga rozi bölmasligi, narxni har qança kötarişi ham mumkin.     

Futbolka sotiş orqali yirik transferlar qoplanişi mumkinmi?

Esingizda bölsa, ötgan yili Kriştianu Ronalduning transferi ma'lum vaqt içida futbolkalar savdosi orqali qoplangani aytilgandi. Bu notöğri fikr.

Adidas, Nike kabi kompaniyalar tuziladigan homiylik şartnomalari oddiy homiylik şartnomalaridan farq qiladi. Misol uçun, Adidas «Yuventus» bilan katta miqdorda şartnoma tuzdimi, bu kompaniyaning öz mahsulotlarida klub brendidan foydalaniş imkonini ham beradi. Uşbu kompaniyalarning mana şunday yirik transferlarda boş-qoş bölişlari (Pogbaning «MYu»ga ötişdagi holatni eslang) ham şundan. Kompaniya özi homiylik qilayotgan klublarda imkon qadar brend futbolçilarning, yulduzlarning töp surişini istaşadi. Bu ba'zida jamoaning futboldagi natijalaridan ham kattaroq ahamiyat kasb etib yuboradi. 

Albatta, Ronalduning transferi «Yuventus»ga marketing sohasida katta daromadlarni olib kelişi bor gap. Klub imiji, dunyo böylab e'tiborning oşişi, translatsiyalardagi uluş öz-özidan klubning marketing böyiça muzokaralarida qöl keladi, kelişuv summalarini sezilarli darajada oşirişi turgan gap. Masalan, Ronalduning Turinga ötişi haqidagi miş-mişlar paydo bölgan kundan boşlab bugungaça, «Yuventus»ning aksiyalari 33 foizga oşgan. Ammo yuqorida aytilganidek, klublarning futbolka sotiş orqali transfer qiymatini osongina qoplaşlari töğri ma'lumot emas.

Futbolkalar, klub liboslarini işlab çiqariş, sotiş va foyda köriş bilan klub emas, aynan Adidas, Nike kabi kompaniyalar şuğullanişadi. Klublar faqat avvaldan belgilab qöyilgan yillik tölovlarni va qöşimça futbolkalar sotuvidan tuşgan daromadning 10-15 foizini oladi, xolos. Misol uçun, Adidas Ronalduning futbolkasidan 55 million yevro daromad qilgan bölsa, «Yuventus»ga şundoq ham har yili oladigan summasiga qöşib, 55 millionning 10-15 foizi – 5-8 million yevro berişi mumkin, xolos. Ya'ni, yirik transferning töliğiça, hatto yarmi ham sotilayotgan futbolkalar yordamida qoplanişi deyarli imkonsiz iş.

Bundan taşqari, yangi futbolçining transferi futbolka bozorini larzaga keltira olmaydi. Aksariyat hollarda, şundoq ham har yili futbolka sotib oladigan muxlislar bu safar yangi yulduz futbolçining libosini sotib olişga urinişadi. Ya'ni, yulduz futbolçining futbolkasi boşqalardan köproq sotilişining ortida qaysidir boşqa futbolçining futbolkasi sotilmasligi, savdosining kamayişi yotadi.

Töğri, Kriştianu Ronaldu – istisno, dunyo böylab uning personal muxlislari millionlab topiladi. Yoki futbolçi tuğilib ösgan yurtda savdo sezilarli oşişi (esingizda bölsa, «Mançester Yunayted» va «Arsenal» klublari öz saflariga xitoylik futbolçilarni qöşib olgandilar) kuzatilişi xolos. Boşqa joylardagi «Yuventus» muxlislari esa, şundoğam futbolka sotib olişni rejalaştirgan bölişadi va xaridni amalga oşirganda - şunçaki, yangi futbolçi ismi tuşirilgan futbolkani tanlaşadi.

Qahramon Aslanov tayyorladi