Mercedes jamoasining poygaçisi, amaldagi çempion Lyuis Xemilton “Formula-1” poygasining 7-bosqiçi – Kanada Gran-prisida ğolib böldi.
Marra çiziğini birinçi bölib Ferrari a'zosi Sebastyan Fettel kesib ötgan, biroq unga 5 jarima soniyasi berilgan. Bunga esa uning 48-aylanada trassaga xavfli qaytişi sabab bölgan, buning oqibatida Xemilton devorga urilişiga bir baxya qolgan.
Was shaping up to be a great #CanadianGP but don't understand why Vettel/Ferrari were given a time penalty (and will lose the race) but where else was he supposed to go? He didn't do this deliberately. Leaves a sour taste in all the fan's mouths after this 😩 pic.twitter.com/DrfKfS1ld1
— Richard-Lee Read (@OMGitsRLR) June 9, 2019
Fettel garçi birinçi kelgan bölsa-da, jarima soniyalari sababli 2-öringa tuşib ketgan. 3-örinni Ferrari’ning yana bir a'zosi Şarl Lekler egallagan.
Fettel jarima va poyga natijalaridan norozilik bildirgan. Buning işorasi sifatida u matbuot bilan suhbatlaşişdan boş tortgan. Şuningdek, poygaçi bolidlar oldidan ötayotganda poygaçilar qaysi örinlarni egallaganlarini körsatuvçi tabliçkalarni özgartirib qöygan. U Xemilton maşinasi oldiga 2 raqami, özining bolidi oldiga esa 1 raqami yozilgan tabliçkani qöygan.
Umumiy hisobda 162 oçko bilan Xemilton yetkaçilik qilmoqda. 2-örinni Valtteri Bottas (132 oçko), 3-örinni Fettel (100 oçko) egallamoqda.
Poyganing navbatdagi bosqiçi 21-23 iyun kunlari Fransiyada bölib ötadi.












