Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In göyoki ayb iş qilgan generalni piranyalar bölgan akvariumga taşlaş bilan qatl etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Daily Star naşri öz manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 

Naşrning ta'kidlaşiça, general davlat töntaruvini taşkillaştirişda gumon qilingan.

Ta'kidlanişiça, yirtqiç baliqlar saqlanadigan akvarium Kim Çen Inning boş qarorgohida turadi.

Manbaning xabar qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi şu yöl bilan öz raqiblarini qörqitmoqçi va heç kim jazodan qutulib qololmasligini körsatib qöymoqçi bölgan.

“Kim odamlarni qörqitişga örganib qolgan. Köplab davlat duşmanlari ommaviy ravişda qatl etilgan. U barça, hattoki unga yaqin odamlar biror şubhali işda gumon qilinsa, azob-uqubatli ölimdan kafolatlanmaganini bilişini istaydi. U öz oilasi a'zolarini qatl etgan va yuqori lavozimli mansabdor şaxslarni şunçaki uning çiqişi vaqtida kam çappak çalganlari uçun öldirgan”, deb aytgan manba jurnalistlar bilan suhbatda.