Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Komi respublikasining sobiq rahbari Vyaçeslav Gayzerni 11 yilga qat'iy rejimdagi koloniyada jazo ötaşga hukm çiqardi, deb xabar berdi RBK. Şuningdek, u 160 mln rubl jarima ham tölaydigan böldi.

Gayzer 2015 yil sentyabrda davlat mulkiga egalik qilişga uringan jinoiy guruh taşkil etişda ayblanib qölga olingandi. Şundan söng Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni iste'foga çiqargandi.

2017 yil noyabrda boş prokuratura Gayzer, uning örinbosari Aleksey Çernov, Komi davlat kengaşi raisi Igor Kovzel, respublika senatori Vladimir Torlopov va boşqa şaxslarga nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. «Gayzer işi» böyiça jami 19 kişiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov xulosasiga köra, jinoiy guruh 2006 yildan buyon budjetga 4,5 mlrd rubl zarar yetkazgan. «Renova» kompaniyasining sobiq boş direktori Aleksandr Zarubin mazkur jinoiy guruh boşliği va taşkilotçisi deb hisoblanmoqda.