Tomsk davlat universiteti olimlari tez neytronli yadro reaktorining yoqilği elementlari uçun köp qatlamli material işlab çiqişdi. Qoplama öz xususiyatini 700 daraja issiqlikda ham saqlab qoladi va uni işlab çiqariş mahalliy şaroitda oson keçadi, deb xabar bermoqda TASS.
Ta'kidlanişiça, mahsulotning asosiy raqobatbardoşlik körsatkiçi korroziya va radiatsion çidamligi hamda işlab çiqariş ketma-ketligi sodda ekanligida, deya baholanmoqda.
«Mahsulotga, asosan atom energetikasida, xususan atom sohasi maşinasozlik korxonalarida talab bor. Şuningdek, undan atom energetikasi uçun ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçi korxonalar, yonilğini qayta işlovçi taşkilotlarda foydalaniş mumkin», — deydi Tomsk universiteti ilmiy xodimi Irina Kurzina.
Tez neytronlik yadro reaktorlari yoqilği neytronli turlarga nisbatan ança samarali va xavfsiz hisoblanadi. Şunga qaramay, uning konstruksiyadagi radiatsion yuki yuqori bölib, reaktorning içki va taşqi tana qismi maxsus material bilan qoplanişi lozim.
Ma'lumot uçun, ayni paytda 600 MVt va 800 MVt quvvatli tez neytronli reaktorlardan Sverdlovskdagi Beloyarsk AESida foydalanilmoqda.











