Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi
Huawei kompaniyasi o‘zining Matebook noutbuki yangi modeli taqdimotini noma'lum muddatga kechiktirdi, deb axabr berdi The Information.
Yangi model ushbu haftada Shanxaydagi CES Asia 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kerak edi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda kiritilgan AQSh sanksiyalari sababli taqdimot ortga surilgan.
Avvalroq AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. Google, Intel, Broadcom va boshqa kompaniyalar Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Matebook noutbuklarida Intel protsessorlari va Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan. Shu tarzda noutbuk sanksiyalar sababli Huawei kompaniyasining bozorga chiqa olmagan birinchi mahsuloti bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
22:07 / 26.02.2024
Lenovo shaffof MicroLED displeyli noutbukni namoyish etdi
18:53 / 31.10.2023