Hukumat qarori bilan Hotamjon Abdurahmonoviç Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

1 iyun kuni Hotamjon Ketmonov Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi lavozimini tark etgandi. Endilikda partiyaga Namangan davlat universiteti rektori sifatida işlab kelgan Uluğbek Inoyatov raislik qiladi.

H.Ketmonov 1969 yil Andijon viloyati Baliqçi tumanida tuğilgan. 1993 yili Andijon davlat pedagogika tillar institutini rus tili va adabiyoti öqituvçisi mutaxassisligi bilan tamomlagan. 

Faoliyatini 1993 yilda Farğonaning Toşloq tumanidagi maktabda öqituvçilikdan boşlagan. 1995-2004 yillarda Farğona viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi tizimida mehnat qilgan. 2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosari lavozimida işlagan.

U 2013 yildan buyon XDP Markaziy kengaşi raisi sifatida işlab kelayotgandi. 2015 yildan hozirgi vaqtga qadar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, Özbekiston XDP fraksiyasi rahbari edi.

Hotamjon Ketmonov 2015 va 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnaşgan.