Bugun, 15 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov hamda Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari Hotamjon Ketmonov iştirokida 2019/2020 öquv yiliga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda sözga çiqqan Hotamjon Ketmonov bölib ötişi rejalaştirilayotgan test sinovlari böyiça öz fikrlarini bildirdi:

– Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi belgilangan nizomga köra hujjatlar topşiriş, imtihonlarni ötkaziş, natijalarni tahlil qiliş jarayonida bevosita kömakçi böladi. Hozirdanoq xodimlarimiz joylarda işlaşyapti. Test sinovlarida ham jamoatçilik, OAV vakillari, ota-onalarning nazoratini yölga qöyamiz. Faqat bir narsani unutmaslik lozim, bunday imkoniyatga ega bölgan jamoatçilar imtihon jarayoniga xalaqit qilmasligi, abituriyentlar diqqatini çalğitmagan holda işlaşlari şart.