Özbekiston davlat rahbariyati mamlakat energiya mustaqilligini ta'minlaş maqsadida respublikada atom elektrstansiyasini qurişga qaror qilib, dastlabki işlarni amalga oşira boşlagaç, ilmiy doiralar va keng jamoatçilik asosan ikki qutbga bölindi. Birinçi guruh Özbekistonda AES kabi stansiyalar quriş mumkin emas, mintaqa joylaşgan hudud geografik holati bunga imkon bermaydi, kabi turli vajlarni ilgari surib, Çernobil va Fukusima kabi AESlarda röy bergan texnogen ofatlarni ham misol keltirişmoqda. Tarafdorlar lageri atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalanişning samaralari va mamlakat iqtisodiyoti uçun qöşadigan hissasi beqiyos ekanini aytmoqda. Bu borada har bir tomonning öz fikri va dalil-isboti borki, qarşi tarafga yonbosişni xayoliga ham keltirmaydi.
Bu borada uçinçi tomon ham mavjud bölib, ular ikkala tomon fikrlarini jöyali va e'tiborga molik deb biladi, ammo ularni konstruktiv hal etiş mumkinligiga işonadi. Ularning birgina xavotiri AES qurilişida nima uçun aynan Rossiya bilan hamkorlik qiliş kerak, degan savoldir. Çunki, dunyoda qator rivojlangan mamlakatlar AES qurişni rejalagan mamlakatlarga öz atom reaktorlari va AES texnologiyalarini taklif etişi sir emas. Şu bilan birga, uçinçi tomon fikriça, bizda AES quriş uçun yetarli ilmiy va texnologik infratuzilma mavjud emas.
Xöş, kim haq? Özbekistonda atom energetikasidan qançalik samarali foydalaniş mumkin? Ilmiy salohiyat mavjudmi, singari qator savollar köpçilikni qiziqtirişi tabiiy. Qolaversa, atomdan tinç maqsadlarda iqtisodiyotning deyarli barça tarmoqlarida keng foydalaniş mumkinligini köpçilik xayoliga ham keltira olmasa kerak. 2019 yil 10 iyun kuni «Özatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi hamkorligida OAV vakillari uçun Özbekiston FA Yadro fizikasi institutiga taşkil etilgan press-tur yuqoridagi savollarga qisqa bölsa-da javob beriş maqsadida uyuştirildi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Özbekiston FA huzuridagi Yadro fizikasi instituti 1956 yilda taşkil etilgan bölib, bu yerda Markaziy Osiyoda öz xususiyatlari böyiça yagona bölgan SM suv-suvli reaktori (VVR-SM) işlab turadi. Dastavval quvvati 2 MVt bölgan reaktor 1959 yil sentyabrida işga tuşirilgan, keyinçalik modernizatsiya qilingan reaktor quvvati 10 MVtga yetkazilgan.






















