Namangan davlat universitetiga yangi rahbar tayinlandi.
Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berişiça, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Muzaffar Hoşimoviç Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Muzaffar Esanov 1978 yilda Namangan viloyati Uyçi tumanida tuğilgan. 2003 yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Foto: Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi
U 2012-2017 yillarda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti magistratura bölimi boşliği, 2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi direktori lavozimida işlagan.
2018 yildan şu vaqtga qadar NamDUning öquv işlari böyiça prorektori sifatida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, ilgari uşbu lavozimda faoliyat yuritgan Uluğbek Ilyasoviç Inoyatov Özbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi etib saylangan edi.











