«Ishonch» naşri muxbiri Mahliyo Umirzoqova Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Xalq Demok­ratik partiyasi rahbari iştirokida ötkaziladigan matbuot anjumanidan söng partiya naşrlarining keyingi taqdiri bilan qiziqib, bu borada fraksiya rahbari Hotamjon Ketmonov bilan suhbat qurdi.

– Bugun partiya naşri «Özbekiston ovozi» bor-yöği 4600 nusxada çop etilmoqda. «Golos Uzbekistana» esa yopiliş arafasida. Eşitişimizça, buning asosiy sababi Sizning tahririyat bilan kelişa olmayotganingiz bilan boğliq ekan. Birinçidan, partiyada şunça katta kuç böla turib, nega obuna tarğibot qilinmadi? Partiya markaziy kengaşi tomonidan hududiy partiya taşkilotlariga obunani taşkil etişni töxtatib turiş böyiça topşiriq ham berilganligini aytişmoqda. Joriy yilda parlamentga saylovlar bölib ötişini inobatga olsak, bu hol partiya ­ğoyalarini keng ­ommaga yetkaziş imkoniyatlarini bir munça pasaytirmaydimi?

– Agar şunday holat bölganida mazkur tadbirga partiya naşri vakillarining iştirok etişiga yöl qöymagan bölar edik. Guvohi bölib turibsiz, ular şu yerda. Ilgari hududiy kengaşlarni «şunçadan obuna qilasan», deb majburlar edik. Endi bu tizimdan voz keçdik. Partiyadoşlarimizni öz ixtiyori bilan obuna bölişiga qöyib berdik. Ta'kidlaş joizki, XDPning barça taşkilotlarida qariyb ikki yarim ming nafar kişi işlaydi. Bundan taşqari, 450 ming nafardan ziyod a'zolarimiz, ya'ni xayrixohlarimiz bor. Biz ularni gazetaga obuna bölişga majburlay olmaymiz. Albatta, «Özbekis­ton ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarining obunasi masalasi hali yil davomida köriladi, qöşma qarorlar çiqadi va qaytadan tahlil qilinib, imkoniyat darajasida naşrlarimizga amaliy yordam beramiz.

“Töğrisi, javob kişida qarama-qarşi fikrlarni uyğotadi. 

Joylardagi partiya rahbarlari, faollari, deputatlar öz gazetasini öqimasa, partiya markaziy Kengaşi, Oliy Majlisdagi fraksiyasi faoliyatidan qanday xabardor böladi, qanday tartibda iş yuritadi?.. Partiya öz fikriga qarşi tarzda saylov oldidan «majburiy obuna» taşkil qilişni rejalaştir­yaptimi? 450 ming a'zo öz naşriga obuna bölişni özi istamasa… Bu ham tuşunarsiz…” - deya fikr yuritadi jurnalist.

– XDP siyosiy partiyalarning qay biri bilan qonun ijodkorligi va uning qabul qilinişida prinsipial darajada ziddiyatga bordi va yutdi? Agar şunday holat yuz bergan bölsa, öşa qonun jamiyatga qanday foyda bermoqda?