Human Righs Watch taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça vakili Stiv Sverdlov Toşkent şahrida bloger Sardor Komilov tomonidan kutilmagan tarzda söroqqa tutildi.

Taşkilot tarqatgan bayonotda ta'kidlanişiça, 13 iyun kuni Stiv qönim topgan mehmonxonada bloger Sardor Komilov va uning şeriklari inson huquqlari sohasida faoliyat olib boruvçi mutaxassis Sverdlovni turli savollar bilan qistovga olişgan. 

Sardor Komilov
Foto: hrw.org

«Sardor va uning 4 nafar şerigi mehmonxona xodimiga özini Stivning tanişlari sifatida körsatib, uning xona raqamiga qönğiroq qilişgan. Sardor özini huquqlari buzilgan tadbirkor sifatida taniştirib, Stiv bilan uçraşmoqçiligini iltimos qilgan. Sverdlov mehmonlar bilan uçraşişga çiqqanda, uni har tomonlama örab olişgan va jismoniy harakatlanişiga imkoniyat qoldirilmagan. Kutilmagan vaziyatda Stivni har tomondan tasvirga oliş boşlangan», — deyiladi bayonotda. 

Ta'kidlanişiça, bloger Sverdlovni Özbekistonni tark etişga da'vat etgan. Taşkilot ijroçi direktori Kennet Rot inson huquqlarini buzayotgan Özbekistondagi amaldorlarga nisbatan olib borayotgan Stivning suriştiruvlarini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirib, ayni holatga oşkora hujum sifatida qaragan. 

«Bu oçiq-oydin Stivni qörqitişga bölgan harakat, Özbekistonda inson huquqi faollari va taşkilotlarining faoliyatini obrösizlantiriş uçun olib borilayotgan onlayn kampaniyaning bir qismi hisoblanadi», — deydi u. 

Ma'lum qilinişiça, HRW mazkur holatni fuqarolik jamiyatiga jiddiy signal sifatida qabul qiladi. Hukumat esa söz erkinligini qöllab-quvvatlaşi, bu işlarni amalga oşirişda bir guruh şaxslarning xavfsiz harakatlanişiga imkoniyat yaratişi lozimligi ta'kidlanadi.

Sverdlovning bloger tomonidan söroqqa tutilişi holati Sayyod.com YouTube-kanalida joylaştirilgan. Unda Sardor Komilov mehmonxona hollida Stiv Sverdloni ta'qib qilişi va unga HRW faoliyati hamda Sverdlovning akkreditatsiyasi böyiça savollar berişini köriş mumkin.

Videoda Komilovga operatordan taşqari mikrofon va fotokamera tutgan ikki qiz ham hamrohlik qilgan. Sverdlov undan taşrif qoğozini söraganida u blogerligini va unga taşrif qoğozi şart emasligini aytgan.