Özbekiston prokuratura idoralari tomonidan 2019 yil ötgan 5 oyi mobaynida 920 fuqaroning keçiktirilgan 2,5 mlrd söm iş haqi, 52 fuqaroning 36,9 mln söm pensiyasi va 26 fuqaroning 12,4 mln söm nafaqa puli undirib berilgan. Bu haqda Boş prokuratura Axborot xizmati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.   

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilning dastlabki 5 oyida prokuratura organlari tomonidan ijtimoiy sohada qonunçilik ijrosi ustidan nazorat yönalişida ötkazilgan 1.427ta tekşiriş mobaynida 7.430ta prokuror nazorati hujjatlari qöllanilgan, noqonuniy huquqiy hujjatlarga 2.043ta protest keltirilib, qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş töğrisida 1.846 ta taqdimnoma kiritilgan. 
2.747 nafar şaxs intizomiy, 2.231 şaxs ma'muriy va 69 kişi şaxs moddiy javobgarlikka tortilgan. Buning natijasida 1 mlrd 377 mln sömlik zarar ixtiyoriy undirilgan, fuqarolik sudlariga 5 mlrd 783 mln sömni undiriş haqida 1.006ta ariza kiritilgan, qöpol qonun buzilişi holatlari yuzasidan 39ta jinoyat işi qözğatilgan. 

Prokuratura idoralari tomonidan mehnat qonunçiligi sohasida olib borilgan örganişlar çoğida 1.089ta qonun buziliş holatlariga yöl qöyilganligi aniqlangan. Aholini iş bilan ta'minlaşga oid qonunçilik ijrosi, iş örinlarini yaratişga doir dasturlar va mehnat qonunçiligi ijrosi yuzasidan 144ta tekşiriş ötkazilib, prokuror protestlari asosida mehnat qonunçiligiga zid bölgan 427ta hujjat bekor qilingan, tegişli idoralarga 139ta taqdimnoma kiritilgan. Prokuror qarorlari va taqdimnomalari asosida 408 nafar mansabdor şaxslar intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Qöpol qonun buzilişi holatlari yuzasidan 1ta jinoyat işi qözğatilgan.