Sönggi yillarda Özbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2752-sonli qarori asosida korrupsiyaga qarşi kuraş borasidagi işlar mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi.

Prezident Mirziyoyev taşabbusi bilan butun mamlakatda tom ma'noda korrupsiyaga qarşi uruş e'lon qilindi, şu sababli loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamaçilik, tovlamaçilik, firibgarlik, uruğ-aymoqçilik, taniş-bilişçilik, poraxörlik kabi illatlarning sodir etilişiga qarşi kuraşda barçaning faolligi yaqqol közga taşlanmoqda.

Şu ma'noda kasb-hunar kollejlarini tamomlab, katta hayotga qadam qöyayotgan 3-bosqiç öquvçilari ongu tafakkurida korrupsiyaga qarşi murosasiz kayfiyatni şakllantiriş, ularning bu illatga qarşi mustahkam immunitetga ega bölişi muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki mazkur yoşlar kollejni bitirgandan keyin muayyan davlat va jamoat taşkilotlarida, mehnat jamoalarida faoliyat körsatişi, öz hayoti davomida korrupsiya bilan boğliq holatlarga duç kelişi, bu illatning qurboniga yoki uning ijroçisiga aylaniş xavfi bor.

Şu sababli kasb-hunar ta'limi tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşning samarali mexanizmini joriy etiş maqsadida alohida tarmoq dasturi işlab çiqilgan va şu asosda bir qator ijobiy işlar va taşabbuslar amalga oşirib kelinmoqda. Jumladan, Kasb-hunar ta'limi Markazining 2019 yil 27 maydagi 269-sonli buyruği asosida joriy yilning 15 iyun kuni barça kasb-hunar kollejlari 3-bosqiç öquvçilari örtasida “Biz yoşlar yurtimizga xizmat qilişda vijdonli, insofli va halol bölişimiz şart!” şiori ostida “Korrupsiya –adolat kuşandasi” mavzusida Respublika inşolar tanlovi ötkazildi.

Xuddi şunday tanlov Qibray tumani Çingeldi maişiy xizmat körsatiş kollejida ham taşkil etildi. Tanlovni ötkazişdan asosiy maqsad – yoşlarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça bilimlarini yanada mustahkamlaş, huquqiy savodxonligi va madaniyatini oşiriş, yoşlarimizni davlat va jamiyat hayotining barça sohalaridagi mavjud korrupsiyadan ogohlantiriş, korrupsion huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uçun jazo muqarrar ekanligini çuqur anglatişdan iborat.












