Yaponiyaning Osaka şahrida 28-29 iyun kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan “Katta yigirmatalik” sammitiga 30 minggaça kişi, jumladan bir qator davlatlar yetakçilari, delegatsiyalari va jurnalistlari taşrif buyuradi. Ularning xavfsizligini 25 mingdan köproq politsiyaçi ta'minlaydi.

Bu haqda Osaka prefekturasi boş politsiya boşqarmasi rahbari Takaxisa Isida ma'lum qildi.

E'tiborlisi, şunça sondagi politsiyaçi birgina davlat yetakçisi – AQŞ prezidenti Donald Trampning may oyida Yaponiyaga taşrifi vaqtida xavfsizlikni ta'minlaşga jalb qilingandi.

Şaharda sammit ötkazilişi munosabati bilan transport uçun jiddiy çeklovlar kiritiladi, yirik temir yöl stansiyalarida saqlaş kameralaridan foydalaniş taqiqlanadi. Osaka markaziy  vokzali va sammit ötkaziladigan hududdagi köçalardan barça çiqindi baklari olib taşlanadi.

May oxiridan Osakadagi dökonlar, maktab va bolalar boğçalari darvozalarida sammit munosabati bilan çeklovlar kiritilişi haqidagi e'lonlar joylaştirilgan. Köplab dökonlar esa “Katta yigirmatalik” yetakçilari uçraşuvi vaqtida umuman işlamaslikka qaror qilgan.