Özbekiston investorlarni qanday jalb qilişi kerak? Yoxud Prezident farmonini pisand qilmayotgan sud
|20:00 / 16.06.201953 94913 min
Özbekiston iqtisodiyotiga mulkiy (binolar, inşootlar, dastgohlar va h.k.), insoniy (malaka, insonlar salomatligi) kapitallarni oşiriş, şuningdek, mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltiriş uçun investitsiyalar suv va havodek zarur. Investitsiyalar köp jihatdan iqtisodiy ösiş va insonlar farovonligini oşiriş manbaidir.
Bu holatda töğridan-töğri investitsiyalarning örni juda muhim, çunki xorijiy investor qoida tariqasida nafaqat mablağ, zamonaviy texnologiyalar, bebaho işlab çiqariş va tijorat tajribalarni ham olib keladiki, ularning şarofatidan qisqa muddat içida jahon standartlariga mos va xos raqobatbardoş işlab çiqarişni yölga qöyiş mumkin.
Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qiliş borasidagi ahvol, yumşoq qilib aytganda, şunçaki abgor. Jahon bankining baholaşiça, Özbekistonda aholi jon boşiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş darajasi sobiq ittifoq davlatlari orasidagi eng past körsatkiçni qayd etgan. 2000–2017 yillarda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi mamlakatning bir nafar fuqarosi boşiga 300 dollardan sal köproqni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun: Estoniyada bu körsatkiç 19,5 ming dollarga teng, Qozoğistonda esa 9 ming dollardan ortiqroq. 2017 yilda Özbekistonga xorijiy investitsiyalarning sof oqimi 96 million AQŞ dollaridan sal kamroq miqdorni taşkil etdi, ya'ni bir kişi boşiga taqriban 3 dollardan töğri keladi. Estoniyada 2017 yilda bo‘ körsatkiç 1182 dollarni taşkil etgan.
Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning aholi jon boşiga sof oqimi, AQŞ dollarida
Xususiy xorijiy (jumladan, içki) investitsiyalarning oqimi nimalarga boğliq?
Birinçidan, investorlar biznes yuritiş sarf-xarajatlariga e'tibor qaratişadi. Sönggi yillarda uşbu sarf-xarajatlarni qisqartiriş borasida talay işlar amalga oşirildi: valuta bozori erkinlaştirildi, naqd pullarni beriş uçun ma'muriy tösiqlar olib taşlandi, bank va taşqi iqtisodiy faoliyat sohasi erkinlaştirilmoqda, biznesni rivojlantiriş yölidagi ma'muriy tösiqlar bartaraf etilmoqda, soliq islohoti amalga oşirilmoqda.
Ikkinçidan, investorlarni ularning mulk huquqi neçoğlik himoyalangani qiziqtiradi. Investor biznesga özining pullari, mehnati, tajribasi va öz innovatsion işlanmalarini tikadi. Bu holatda u juda köplab risklarni öz zimmasiga oladi. Biznes turli sabablar: talab kutilganidek katta bömagani, bozorda kuçli raqobatçilar yoki investorning mahsulotini siqib çiqaradigan yangi mahsulotlar paydo bölgani tufayli ziyonli bölib qolişi mumkin. Bunday tijoriy risklar bozor iqtisodiyoti şaroitida tabiiy hol. Ularni işbilarmonning özi, aytaylik, marketing dasturlari yoki işlab çiqarişni diversifikatsiyalaş orqali boşqarişi kerak.
Mavzuga oid
Biroq, tabiiy bozor mexanizmlarining ta'siri tufayli yuzaga kelgan risklardan taşqari, mulk huquqini poymol qiliş bilan boğliq boşqa risklar guruhi ham bor. Işbilarmonlarda ularni kamaytiriş imkoniyati juda past va çeklangan. Şu sababli mulk huquqini himoya qiliş — bu davlatning eng asosiy majburiyatlaridan biri sanaladi. Faqat davlatda bu funksiyani tölaqonli bajariş uçun qurollar töplami bor: bular — qonunçilik, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sud tizimi va boşqalar. Modomiki samarali iqtisodiyotga ega bölişni istar ekan, davlat öz qudratiga tayangan holda quyidagilarni amalga oşirişi kerak (şart):
Barqaror, şaffof, biri boşqasini inkor etmaydigan qonunçilik;
Mansabdor şaxslarning özboşimçaligi oldini oluvçi, ijroiya hokimiyatini vakillik va sud hokimiyatlari, jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari nazoratiga böysundiruvçi, bölingan hokimiyatlarga ega, ularni tiyib va posangi bölib turuvçi tizim;
Qonunlarning bajarilişini ta'minlaş va iqtisodiyot sub'yektlari huquqlarini himoya qilişga çoğlangan samarali va mustaqil sud tizimi;
Biznes yuritiş uçun teng va adolatli şart-şaroitlar.
«Bozor junglisi»ga qadam bosar ekan, tadbirkor davlat uning investitsiyalarini himoya qilişiga işonib, öz «fronti orti»dan köngli töq bölişi kerak. Kimdan? Firibgarlardan, banditlardan, nohalol şeriklardan. Eng asosiysi — davlatning öz vakillaridan.
Çunki köpgina hollarda xususiy mulk huquqini poymol qilayotganlar mansabdorlarning özi bölib çiqmoqda, ular özlarining turli maqsadlari yölida xususiy mulk muhofazasida turişi kerakligini unutib qöyişmoqda. Gohida bu maqsadlar juda balandparvoz ohangga ega, ayrim vaqtlarda esa aniq korrupsion xarakter böy körsatadi. Lekin, mulk huquqi «ezgu maqsadlar» bilan poymol qilingan paytlarda ham bu hol investitsion muhitga ulkan ziyon yetkazadi, mamlakat iqtisodiyotini investorlar uçun jozibasiz qilib qöyadi, binobarin, mamlakatni kelajakdan ayiradi.
Nega Özbekistonga xorijiy investitsiyalar kelmayapti?
Bugungi kunda Özbekiston iqtisodiyotining past darajadagi investitsion jozibadorligiga sabab — xususiy mulk huquqini muhofaza qiliş mexanizmlarining öta kuçsizligi, aytişim mumkinki, falajligidir. Bugungi kunda biz nimalarga egamiz:
Beqaror, noşaffof, murakkablaştirilgan, taqiqlovçi va bir-birini inkor qiluvçi, mansabdorlar istagan paytda ularni öz foydasiga burib yuborişi mumkin bölgan qonunçilik (bunga yana köplab qonunosti hujjatlarini ham qöşing);
Ijroiya hokimiyatining tiyib turiş tizimiga ega bölmagan, çegaralanmagan hokimiyati;
Samarasiz va mustaqil bölmagan sud tizimi;
Biznes yuritişning teng bölmagan şart-şaroitlari, halol raqobat qoidalari buzilişi.
Sönggi yilarda bu sohada vaziyatni önglaş uçun talay işlar amalga oşirildi. Biroq, taassufki, keskin burilişga erişa olmadik.
«Sovplastital» işi
Mening qölimga mulk huquqini muhofaza qiliş muammolarini közgudagidek aks ettiradigan hujjatlar kelib tuşdi. Bu işni örganib, investorlar nega Özbekistonni çetlab ötişlarini osongina anglaş mumkin. Gap «Sovplastital» — bir vaqtlar mamlakat kimyo sanoati yetakçisi bölgan kompaniya haqida bormoqda.
Kompaniya italiyalik hamkorlar bilan qöşma korxona sifatida uzoq 1987 yilda taşkil etilgan. Xorijiy investorlar tomonidan taklif etilgan texnologiyalar plastmassadan rang-barang assortimentdagi buyumlar: kundalik rözğor buyumlaridan tortib, sun'iy gullargaça işlab çiqariş imkonini bergan. 1990 yilda korxona SSSR kimyo sanoati tizimida plastmassadan yasaladigan buyumlarning 25 foizini işlab çiqargan.
Korxona rahbariyati butun dunyodan eng ilğor qayta işlaş texnologiyalarini keltirib, rangli şişa, keramika, çinni, yangi yil assortimenti buyumlarini işlab çiqarişni yölga qöygan edi. Işlab çiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat mamlakat içida, xorijda ham sotilayotgandi.
Korxonada 2007 yilgaça 1000dan oşiq odam mehnat qilib, ular nafaqat işlab çiqariş jarayonida band edilar, şuningdek intellektual mulk yaratişayotgandi. Özining faoliyat davrida korxona 590dan ortiq sanoat mulki, 480ta sanoat namunalari, 100dan ortiq ixtirolarni röyxatdan ötkazgan. Özbekiston fan va texnika davlat qömitasi 1996 yilda kompaniyaning intellektual mulkini qariyb 4 million dollarga baholagan.
2008 yilda valuta konvertatsiyasi yopilişi xomaşyo olib kiriş imkoniyatini çekladi, işlab çiqariş hajmini qisqartirdi va bular kompaniyaning moliyaviy körsatkiçlari keskin yomonlaşuviga olib keldi. Qiyinçiliklarga qaramasdan, korxona işlaşda davom etdi.
2017 yilga kelib, korxona aksiyalari davlatga ham (30 foizi), xususiy investorlarga, jumladan, aksariyati ikkilamçi bozorda bu qimmatbaho qoğozlarni xarid qilgan xorijiy investorlarga ham tegişli edi.
2017 yilda korxonani şunçaki qonuniy egalaridan tortib olib qöyişdi. Tortib olganda ham allaqayoqdagi banditlar emas, mulk huquqi himoyasida turişi kerak bölgan mansabdorlarimiz olib qöyişdi. Asos — uzoq 1997 yildagi göyoki «notöğri» xususiylaştiriş.
Öşanda Davlat mulklarini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi va «Sovplastital» kompaniyasi bilan tuzilgan bitimga köra, korxona aksiyalari qöyidagiça taqsimlangan: davlatga — 30 foiz, mehnat jamoasiga — 60 foiz, xorijiy kompaniyalarga — 10 foiz. Bunday yondaşuv xususiylaştiriş qoidalari va amaliyotiga töla mos bölgan. Xususiylaştirişdan söng davlatga tegişli bölmagan köplab aksiyalar öz egalarini qimmatbaho qoğozlarning ikkilamçi bozoridagi bitimlarga asosan özgartirgan.
Nega endi oradan 20 yil ötgaç bu bitimni tösatdan noqonuniy deb topişga qaror qilişdi? Nimaga asosan? Men sudga kiritilgan da'vo arizalarini (ular — ikkita) öqib körib, bu asoslarni topa olmadim.
Boz ustiga, xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqiş talabi yozilgan da'vo arizasi amaldagi qonunçilikka ziddir. Gap şundaki, 2017 yilning 17 yanvar kuni qabul qilingan, Prezidentning PF-4933-sonli «Tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniş uçun davlat mulki obektlarini sotişni jadallaştiriş va uning tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida aniq-tiniq qilib yozib qöyilgan: «2. Quyidagilar taqiqlansin… davlat organlari, şu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiliş organlari va sudlar tomonidan xususiylaştiriş natijalarini, şu jumladan, obektlar qiymatini baholaş natijalarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş masalalarini örtaga qöyiş».
Da'vo arizasi esa 2017 yilning 5 mayida berilgan. Ya'ni, prezident farmoniga oçiqdan-oçiq bepisandlik qilinmoqda.
Lekin sudni bu holat zarraça taşvişlantirmaydi va u nihoyatda tezkorlik bilan (2017 yilning 31 mayida) kompaniya ustav fondida davlat uluşi huquqi 96,67 foiz, degan qaror çiqarib beriladi. Qaror masalaning mohiyati çuqur örganilmasdan çiqariladi, çunki sud iltimosnomalar çegarasidan nariga ötmagan. «Sovplastital» himoyasi uçun turib bergan Savdo-sanoat palatasining qarşi arizasi köriş uçun qabul ham qilinmagan.
Xöş, qaror nima asosida çiqarildi? Aniqlanişiça, SSSR parçalangaç, korxonaga egalik qilgan ittifoq vazirligining mulklari Özbekiston ixtiyoriga ötişi kerak ekan. Xöp, yaxşi, SSSR 1991 yilda tarqaldi va korxona davlatimiz ixtiyoriga ötdi, ham deylik. Lekin bu yerda 1997 yilda öşa vaqtda amalda bölgan qoidalar bilan ötkazilgan va Davlat mulk qömitasining tegişli hujjatlari bilan mustahkamlangan xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqişning nima aloqasi bor? Sud negadir bu hujjatlarning hammasini, jumladan, mulk huquqiga davlat orderini ham qonuniy kuçga ega emas deb topdi.
Xususiylaştirişning mazmun-mohiyati ham aslida davlat mulkini nodavlat mulk qiliş emasmi? 1997 yildagi qonunbuzarliklar nimalardan iborat bölgan ekanki, Davlat mulk qömitasining qarorlari bekor qilinsa? Men bu savollarga javob topa olmadim. Çunki ular yöq. Faqatgina 1991 yilda «Sovplastital» mulkining 96,67 foizi davlatga tegişli bölganini (boşqa dalillar yöq!) hisobga olib, sud korxonaning 1997 yilda xususiylaştirilgani haqidagi qarorni bekor qilmoqda. Absurd!
Eng asosiysi, sud qarori işga mulklari davlat ixtiyoriga tortib olingan aksiyadorlarni jalb qilmasdan ötkazilgan. Özi mulk davlat ixtiyoriga ötkazilişining uç xil körinişi bor: milliylaştiriş (natsionalizatsiya), rekvizitsiya va musodara qiliş. Milliylaştiriş va rekvizitsiya tovon puli tölaşni taqozo etadi (bu narsa qilinmagan), mulkni musodara qiliş esa, Fuqarolik kodeksining 204-moddasiga köra faqat sodir etilgan jinoyatlar yoki boşqa huquqbuzarlik yuzasidan amalga oşiriladi. Aksiyadorlar qanday jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etişgan?
Boz ustiga, ikkilamçi bozorlarda korxonaning aksiyalarini xarid qilgan aksiyadorlarning aybi nimadaligi umuman tuşunarsiz. Nega ular uçinçi şaxslarning göyoki noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr körişlari kerak?
Bu maqola mavzusi nuqtai nazaridan nimalarni bilib olmoqdamiz?
1. Özbekistonda mulkni heç qanday qonuniy asoslarga ega bölmasdan turib, hattoki prezident farmoniga ters bölsa-da, tortib oliş mumkin.
2. Sudlar qonun himoyasida tura olişmaydi, aksinça, yuqoridan tuşirilgan har qanday qarorni imzolaşga tayyor.
3. Sud qarorlariga köra formal jihatdan heç qanaqasiga aybsiz bölgan mulkdorlarning huquqi himoya qilinmaydi.
4. Tadbirkorlarda özining mulk huquqini himoya qiliş uçun ta'sirli mexanizmlar yöq.
Xulosa: toki biz mulk huquqini ta'sirçan himoyalay oliş tizimini yarata olmas, tadbirkorlarning huquqlarini muhofaza qiliş va poymol qilmaslikni örgana olmas ekanmiz, uzoq muddatli hamda yuqori texnologiyali loyihalar bilan çinakam investorlar kelişini kutib ham ötirmasligimiz kerak.
Yana bir narsa. Davlat özining notöğri,huquqlarni poymol qiluvçi qarorlarini qayta körib çiqişni örganişini istar edik. Bu bilan investorlarga ularning huquqlari himoyasiga tayyorligini körsatib qöygan bölar edi.
Yuliy YuSUPOV, iqtisodçi
P.S. «Sovplastital» kompaniyasi bilan boğliq batafsilroq maqolani Kun.uz’ning keyingi çiqişlarida öqiysiz.